3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar krovatlarining
funksional о‘lchamlari.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida karovatlar orasidagi masofa 0,3 m. bо‘lishi, tashqi devordan karovatgacha bо‘lgan masofa 0.7-1 m.
bо‘lishi kerak. Maktabgacha bо‘lgan guruhlarda yotar joyi qattiq bо‘lgan yig‘ma, bir yoki ikki qavatli qilib joylashtirilgan karovatlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ikki qavatli statsionar karovatlardan foydalanish qat’iyan ma’n etiladi.
Zamonaviy ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan mebellar qо‘yidagi guruhlarga bо‘linadi.
О‘quv sinflari uchun:
о‘quvchilar stollari, bir va ikki о‘rinli, mos guruhdagi stullari bilan;
о‘quvchilar laboratoriya stollari maxsuslashtirilgan о‘quv xonalari (fizika, ximiya, biologiya va x.k.) uchun;
kompyuter stollari;
о‘quv anjomlari uchun shkaflar;
о‘qitishning texnik vositalari uchun javonlar va doska yonida о‘quv qо‘llanmalari saqlanadigan javonlar;
turli kо‘rinishdagi sinf doskalari.
Kutubxonalar uchun:
Oshxona uchun;
О‘quv ustaxonalari uchun;
Yechinish xonalari uchun;
Majlis zallari uchun.
7.15-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |