22-modda. О‘zbekiston Respublikasi hududida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar.
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish vazifasi О‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning о‘rinbosarlari, viloyatlar, shaharlar, nohiyalar Bosh davlat sanitariya vrachlari va ularning о‘rinbosarlari zimmasiga yuklatiladi.
23-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar faoliyatining asosiy kafolatlari.
О‘zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi Bosh davlat sanitariya vrachlari, boshqa mansabdor shaxslari va mutaxassislari hokimiyat vakili hisoblanadilar va davlat himoyasida bо‘ladilar.
24-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish sohasidagi faoliyatga aralashishga yо‘l qо‘yib bо‘lmasligi.
Boshqa tashkilotlarning davlat sanitariya nazorati idoralarining qonuniy faoliyatiga tо‘sqinlik qilish maqsadida ularning ishiga aralashishi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga biron-bir yо‘l bilan ta’sir kо‘rsatishi ta’qiqlanadi va О‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikka sabab bо‘ladi.
25-modda. О‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari.
О‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi:
davlat sanitariya epidemiologiya xizmati idoralari va muassasalariga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishning asosiy vazifalarini va ustuvor yо‘nalishlarini belgilaydi.
sanitariya normalari, qoidalari, va gigiyena normativlarini tasdiklaydi;
atrof muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini aniqlashga doir respublika normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi;
avariya vaziyatlarini yо‘qotish chog‘ida sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan muvaqqat sanitariya normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
viloyatlar va Toshkent shahri Bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi;
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasasi rahbarlarining xatti-harakatlari ustidan tushgan shikoyatlarni kо‘rib chiqadi;
odamlarning hayoti va salomatligi uchun xavfli bо‘lgan yashash va xо‘jalik faoliyatini yuritish taqiqlanadigan xududlarini belgilaydi;
hududlarni karantin infeksiyalari olib kirish va tarqatishdan sanitariya muhofazasi tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan respublika va mahalliy epedimiyaga qarshi jamg‘armalardan va moddiy-texnikaviy resurslardan maqsadga muvofiq foydalanilayotganini nazorat qiladi.
О‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachini О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |