Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
-modda. Javobgarlik choralari
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31- modda . Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyen a normativlarini buzish natijasida kel tirilgan zararning о‘rnini qoplash.
- 9.3. Bolalar muassasalari ustidan davlat sanitariya – epidemiologiya nazorati.
30-modda. Javobgarlik choralari.
Ushbu Qonun talablarining buzilishida aybdor bо‘lgan shaxslar qonun xujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy jarima pullari О‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining epidemiyaga qarshi jamg‘armalariga tushadi (О‘zR 06.05.1995 y. 70-1 son Qonuni tahriridagi modda). 31-modda. Sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarini buzish natijasida keltirilgan zararning о‘rnini qoplash. Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, sanitariya qonunlarini buzishda aybdor bо‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar shikastlanganlarni davolash va ularning salomatligini tiklash, davolash-profilaktika tadbirlariga, sanitariya holatini yaxshilash va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishga sarflangan xarajatlarni О‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tо‘lashlari shart. 9.3. Bolalar muassasalari ustidan davlat sanitariya – epidemiologiya nazorati. Davsanepidnazorat markazlaridagi bolalar va о‘smirlar gigiyenasi bо‘yicha vrachlar faoliyatining yо‘nalishlari: • bolalar va о‘smirlar uyushgan jamoalarining va bola aholining salomatlik holatini tо‘liq tahlil qilish; • bolalar va о‘smirlar muassasalari binolarining loyihalashtirilishi, qurilishi va ta’mirlanishi, jihozlanishi va foydalanishga kiritilishi yuzasidan sanitariya-gigiyena ekspertizasi va davsanepidnazorati; • bolalar va о‘smirlar uyushgan jamoalarining yashash muhiti omillari va tarbiyalanish, о‘qish, dam olish tartibini о‘rganish; • bolalar va о‘smirlar jamoalarining salomatlik holati bilan tashqi va atrof-muhit omillari, tarbiyalash, о‘qitish va bо‘sh vaqtni о‘tkazish shart-sharoitlari orasidagi sababiy-oqibat bog‘ligini aniqlash; • bola aholining sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta’minlovchi tadbirlarni о‘tkazish yuzasidan zaruriy takliflarni; bola aholining salomatligini muhofazalash, kasalliklarini profilaktika qilish, yashash muhitini sog‘lomlashtirish, ularning tadbiq etilishini nazorat qilish bо‘yicha mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini ishlab chiqish; • bolalar va о‘smirlar muassasalarida sanitariya qoidalari, meyorlari va gigiyena normativlari bajarilishi, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar amalga oshirilishi ustidan davsanepidnazorat harakatda bо‘lishini ta’minlash; • mahsulotlar va bolalar buyumlarining anvoi navlarini, shuningdek, ular tayyorlanadigan materiallarni gigiyenik baholash (sertifikatlash); • о‘qitish tartiblari va dasturlari ekspertizasi. Davsanepidnazoratga quyidagi davlatga qarashli va nodavlat umumiy ta’lim muassasalari bо‘ysunadi: • Umumiy ta’lim (maktablar, liseylar, gimnaziyalar, umumiy turdagi maktab-internatlar, kechki maktablar va boshqalar); • aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalar uchun maxsus (korreksiyalovchi) maktablar, sanatoriy-о‘rmon va sanatoriy maktab-internatlari va boshqalar; • qо‘shimcha (maktabdan tashqaridagi) ta’lim muassasalari. Sanitariya-gigiyena tekshiruvchini о‘tkazish qarorini bolalar va о‘smirlar muassasalarini nazorat qilish vakolatiga ega bо‘lgan xizmat mansabdor shaxsi qabul qiladi. Sanitariya-gigiyena tekshiruvini о‘tkazish uchun asoslar: • gigiyenik va sanitariya-epidemiologiya chora-tadbirlari, sanitariya qoidalari, meyorlari va gigiyena normativlarining bajarilishini kuzatish uchun; • uyushgan bolalar va о‘smirlar jamoalarining salomatlik holatini kuzatish, baholash va prognozlash; • sog‘liq uchun xavfli va zararli ta’sir kо‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida ta’lim muassasasining atrof-muhiti holatini о‘rganish; • muassasaning faoliyatiga lisenziya (ruhsatnoma) olish uchun muassasa (uning kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’i nazar) mansabdor shaxsining murojaati; • da’vogarning shart-sharoitni, dasturlarni, usullarni, ta’lim va tarbiya tartiblarini korreksiyalash uchun ruxsat (lisenziya) olish borasidagi murojaati; • da’vogarning umumta’lim muassasasining loyihasi, jihozlari, о‘quv qо‘llanmalari va shu kabilarni gigiyenik baholash yuzasidan murojaati; • yuqori tashkilotlarning kо‘rsatmalari va topshiriqlari; • bolalar, о‘smirlar hamda bolalar va о‘smirlar muassasasining sanitariya-epidemiologiya farovonligiga xavf soluvchi avariya holatlari; • ta’lim va tarbiya sharoitlari buzilganligi haqida aholining shikoyatlari. Sanitariya-gigiyena tekshiruvi о‘tkazilganda laboratoriya, asbob-uskunaviy, shuningdek, ijtimoiy (sо‘rovli, sо‘rovnomali) tadqiqot usullaridan qо‘llaniladi. Sanitariya-gigiyena tekshiruvining natijalari amaldagi sanitariya qonunchiligi, respublika va hudud miqyosidagi yetakchi va normativ xujjatlar asosida baholanadi. Sanitariya-gigiyena tekshiruvi yoki ekspertizasining natijalari asosida «Sanitariya tekshiruvi akti», ekspert xulosasi, lisenziya rasmiylashtiriladi. Tekshiruvlar natijasiga kо‘ra salbiy xulosaga kelinganda sog‘liq uchun tahdid soladigan xavf darajasi aniqlanadi, kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi va ularni bajarish uchun muddatlar belgilanadi. Ekspertiza xulosasi salbiy bо‘lganida esa xujjat kelishuvdan chetlatiladi. Sanitariya qoidalari buzilishi aniqlanganida, ularning sodir etilishi uchun «Aholining sanitariya-epidemiologiya farovonligi haqida»gi Davlat Qonunining bandlariga kо‘ra javobgarlik turi belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni texnologiyasi uchun davsanepidnazorat о‘quv dasturlari va rejalari uslubnomalar, ta’lim-tarbiya tartiblari va bolalar va о‘smirlarni umumta’lim muassasalarida kasbiy tayyorlash rejalarini tahlil qilish asosida о‘tkaziladi. Davsanepidnazoratni sanepidnazorat markazi (DSENM) ning mansabdor shaxsi va yuqori turuvchi sanepidxizmatning vakili muassasaning rahbari yoki boshqa tо‘liq vakolatga ega bо‘lgan mas’ul shaxs hamda tibbiy xodim ishtirokida amalga oshiradi. Sanepidxizmat xodimining huquqlari quyidagilardan iborat: 1) umumta’lim muassasasi rahbaridan ta’lim va tarbiya dasturini, bazis о‘quv rejasi, bir haftalik mashg‘ulotlar tо‘rini, kun tartibini, darslar jadvalini, kun va hafta davomidagi haqiqiy о‘quv yuklamasi haqidagi ma’lumotlarni sо‘rash; Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling