Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
-modda. Maxsus ekspertizalarga о‘tkazish sohasidagi talablar
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV bо‘limda Davlat sanitariya nazorati va tekshiruvi kо‘rsatilgan
20-modda. Maxsus ekspertizalarga о‘tkazish sohasidagi talablar.
Aholi va alohida shaxslar salomatligi va kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyena, sanitariya-ekologiya, tibbiy, biologik, texnikaviy, sosiologik va boshqa turlari, shuningdek loyiha, texnika hujjatlarini va boshqa hujjatlarni, uskunalarni, asboblarni va apparatlarni, kimeviy moddalarni, turli birikmalarni, materiallarni va muhitlarni, oziq-ovqat xom ashyosini va mahsulotlarini, sanoat buyumlarini, radioaktiv materiallarni, radiasiya texnikasini ekspertiza qilish sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar, shuningdek ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy о‘quv yurtlari, boshqa muassasa va tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobiga О‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qaroriga binoan о‘tkaziladi. Maxsus ekspertizalarni о‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalari va ekspertlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek belgilangan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlari bilan belgilab qо‘yiladi (О‘zR 31.08.2000 y. 125- II sonli Qonuni tahriridagi modda). IV bо‘limda Davlat sanitariya nazorati va tekshiruvi kо‘rsatilgan: 21-modda. Sanitariya nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi idoralar va muassasalar. О‘zbekiston Respublikasining davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati qaysi idoraga bо‘ysunishidan va mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, О‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etishlari ustidan davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi ushbu Qonunga hamda ular tо‘g‘ridagi Nizomga muvofiq ish kо‘ruvchi tibbiy profilaktik muassasa hisoblanib, sanitariyaga doir va epidimiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarining majmuini uyushtirilishini va о‘tkazilishini ta’minlaydi hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining va О‘rta Osiyo temir yо‘lining ishlatilayotgan va qurilayotgan obyektlarida idoraviy sanitariya nazoratini tegishli vazirliklar va idoralarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari amalga oshiradilar. Sanitar milisiyasi О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlagan Nizomiga muvofiq sanitariya tekshiruvini amalga oshiradi. Davlat sanitariya-epidemiologiya xizmati idoralari, muassasalar va mansabdor shaxslar qaysi idoraga bо‘ysunishdan qat’i nazar, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatiga yо‘l-yо‘riq kо‘rsatib rahbarlik qiladilar, uni uyg‘unlashtirib va tekshirib boradilar. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling