8-modda. Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiquvchilarning majburiyatlari.
Normativ-texnika hujjatlarini ishlab chiqayotgan davlat idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va aloh shaxslar aholining salomatligini saqlashni va sanitariya-epidemiya masalalarida xotirjamligini ta’minlashga qaratilgan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilishlari shart.
Qayd etilgan idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar yangi kimeviy va biologik moddalarni, ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini hamda mana shu manbalarga ega bо‘lgan asboblarini, atir-upa va pardoz mahsulotlarini, materiallar, texnologiya jarayonlari, uskunalar va boshha xalq iste’moli mollarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemiya xavfsizligini ta’minlashga doir normativlar bо‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni, ularga rioya etilishi ustidan nazorat qilish usullarini, zararli mahsulot va chi-qitlarni zararsizlantirish yо‘llarini ishlab chiqishlari hamda tasdiqlash uchun О‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishlari shart.
9-modda. Obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya talablariga rioya etishning shartligi.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, birlashmalarning rahbarlari va alohida shaxslar obyektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, yangilash chog‘ida, korxonalarni texnika bilan qayta qurollantirish va ularni foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilishlari shart.
10-modda. Maydonlar, inshootlar, binolarni saqlab turish, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga qо‘yiladigan talablar.
Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va alohida shaxslar texnologiya va boshqa uskunalardan foydalanishni, maydon, inshootlar, ishlab chiqarish binolari va sanitariya-maishiy binolar, ish joylari, turarjoy binolari, bolalar va davolash-profilaktika muassasalari, о‘quv yurtlari, madaniyat, sport va boshqa muassasalar binolari, shuningdek transport vositalari sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlab turilishini ta’minlashlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |