Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Fitoterapiya (dorivor giyohlar bilan davolash)
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dori-darmonli profilaktik muolajalar.
Fitoterapiya (dorivor giyohlar bilan davolash). Tevarak-atrofimizdagi о‘simliklar insonga har tomonlama fiziologik va estetik-psixologik ta’sir о‘tkazishadi: yaxshi kayfiyat uyg‘otishadi, stressli vaziyatlarni yumshatishadi, shuningdek, yuqori darajadagi mikroblarga qarshi, zamburug‘larni qiruvchi va zahar kuchini qirquvchi ta’sirga egadirlar. Yalpiz, lavanda, qoraqandning aerozol kо‘rinishidagi efir moylaridagi fitonsidlar “Orion” uskunasi yordamida ta’lim-tarbiya muassasalarining xonalariga tarqatilganda, ijobiy samaralarga erishilgan. О‘ta kuchli – superinfeksiyalarning oldini olish uchun kalanxoe, evkalipt о‘simliklarining fitoaerozollaridan foydalaniladi. Xonalarni xushbо‘ylashtirishda qirqquloq, dafna barglaridan, bо‘znoch, yorongul, atirgulning gulbarglari solingan giyohli yostiqchalardan foydalaniladi (markazlashtirilgan isitish tizimi radiatorlari ortiga joylashtiriladi).
Evkalipt, bolut pо‘stlog‘i damlamasi (gipertrofik jarayonlarda), qichitqiо‘t va bо‘yimodaron tindirmasi (milklar qonashida), kalendula va zubtrum damlamasi yoki tindirmasi (atrofik jarayonlarda) dan issiq ingalyasiyalar keng qо‘llanilmoqda. Dori-darmonli profilaktik muolajalar. Yiliga ikki marta (fevral-mart, oktyabr-noyabr) vitaminlar (askorbin kislotasi, V guruhi, A, E vitaminlari)ni; metabolitlarni (immunokompetent hujayralardagi bijg‘ish jarayonlarining depressiyasi tufayli) – lipoat kislota, kalsiy pantotenat, riboksin, panangin, kaliy orotat va boshqalarni; adaptogenlar – eleuterokokk, pantokrin, etimizol, gliseramin; interferonogenlar – dibazol, prodigiozan, pirogenal, lizosim, natriy nukleinatni qamrab oladigan uch haftalik nospesifik profilaktika kurslarini о‘tkazish tavsiya etiladi. Immunokompetent hujayralar fermentativ faolligi pasaygan (limfo- va monositopeniya, SDG limfositlar darajasi pastligi) bolalarni sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar asosiga 10-20 kunlik oraliq bilan 10 kundan ketma-ket qо‘llaniladigan 2 ta dorilik metabolitlar majmuasi kiritilishi lozim. Ijobiy prognozli sog‘lom bolalar esa bolalar jamoasiga kо‘nikayotgan paytda asosiy metabolitlar majmuasini oladilar, keyinchalik ularni qabul qilish jismoniy, ruhiy-hissiy, “epidemik” yuklamalar ortishiga muvofiq ravishda, faqat yuz berishidan 2-3 kun oldinroq moslashtiriladi (bunaqangi vaziyatlar sodir bо‘lishini oldindan bilish imkoni bо‘lganda), jismoniy tarbiya bilan faol shug‘ullanish va chiniqishga qо‘shib olib boriladi. О‘RVI havfi bevosita yuqori bо‘lganda va epidemik davrda metabolitlar majmuasi interferon yoki lizosimni endonazal kiritish bilan tо‘ldiriladi. Burun-halqum kasalliklari va limfa tо‘qimalari gipertrofiyasiga moyillik sog‘lomlashtiruvchi majmuada mikroblarga qarshi dorilar, masalan, xlorofilliptning spirtdagi eritmasi (suvdagi 0,1%li konsentrasiyagacha eritilgan), aerozol kо‘rinishida qо‘llaniladi. Bundan tashqari, bu bolalarga endonazal tarzda metabolitlar kiritiladi: kalsiy pantotenatning 4 % li eritmasi ingalyasiyalari, lipoat kislota elektroforezi. Shuningdek, allergiyaga moyilligi bor (u kо‘pincha tomoq limfa tо‘qimalarining gipertrofiyasi bilan qо‘shilib ketadi) bolalarga endonazal tarzda metabolitlarni kiritish ham samaralidir. Bronxial buzilishlari qaytalab turadigan kо‘p kasallanuvchi bolalarni reabilitasiyalashning samarali usuli – pirogenal bilan davolash kursidir. Ushbu usul asosida mahalliy dori – bakterial polisaxaridning immun qarshilik kо‘rsatish qobiliyatini oshiruvchi samarasi turadi. Ribomunil ham shunga о‘xshash ta’sir kо‘rsatadi. Ikkala usul ham shifokor nazorati ostida (shifoxonada, shu jumladan, kunduzgi shifoxonada, sanatoriylarda) qо‘llaniladi . Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling