Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
О‘zbekistonda yuqumsiz xastaliklar profilaktikasining
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
О‘zbekistonda yuqumsiz xastaliklar profilaktikasining
eng muhim vazifalari.
-Hayot tarzi, atrof-muhit omilini qamrab oluvchi sog‘liqni belgilovchi omillar, yuqumsiz kasalliklar rivojlanish havfi yuqori bо‘lgan shaxslarni aniqlash va davolash. - Aholining maxsus kontingentlari – profilaktik ta’sir obyektlari. Antropogen ta’sirga ega sharoitlarda yashovchi, kо‘p kasal bо‘luvchi bolalarni sog‘lomlashtirish о‘ziga xos g‘amxо‘rlikdir. Kо‘p kasal bо‘luvchi bolalar sog‘lig‘ini tiklash bо‘yicha chora-tiadbirlar о‘tkazishning qoidalari: -individual maqsadga yо‘naltirilgan yillik profilaktika va sog‘lomlashtirish dasturining bajarilishi; - majmuaviylik; - ta’sir usullarining о‘ziga xoslikka ega bо‘lmasligi. Kо‘p kasal bо‘luvchi bolalarni sog‘lomlashtirish tizimi quyidagilarni о‘z tarkibiga oladi : - kun tartibi, ovqatlanishni tо‘g‘rilash; - profilaktika va sog‘lomlashtirishning jismoniy usullari; - dorivor giyohlar yordamida muolaja qilish (fitoterapiya); - profilaktika maqsadida dori-darmonlar kursi; - bolalar shifokori uchastkasida dispanserlashtirishdan о‘tkazish; - umumta’lim muassasalarida dispanserlashtirishdan о‘tkazish; - sanatoriy kurortlarda sog‘liqni tiklash. Kun tartibini tо‘g‘rilash, eng avvalo, turli stressli holatlar va о‘ta toliqish ehtimollarini yо‘qqa chiqaradigan yengillashtirilgan kun tartibini tashkil etishni talab qiladi. Bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida uyqu va toza havoda bо‘lish vaqtini “yosh meyorlari”ga qaraganda 1-1,5 soatga uzaytirish tavsiya etiladi. Majmuaviy sog‘liqni tiklash oqilona ovqatlanish va nonushta bilan tushlik orasida ekologik toza mahsulotlar (sabzavotlar, mevalar, sharbatlar) bilan qо‘shimcha ovqatlantirishni qamrab oladi. Allergiya holatlari, ichaklar fermentopatiyalarida enterosorbentlardan foydalanib, biologik dori-darmonlar yordamida disbiozni tо‘g‘rilash bilan qо‘shilib ketuvchi eliminasiya parhezi tavsiya etilgan. Organizmning eng muhim funksiyalarini meyorlashtirish sog‘lomlashtiruvchi majmuasiga uqalashni, davolovchi gimnastikani, suzishni va jismoniy tarbiyaning harakat faolligini oshiruvchi, barcha yoshdagi bolalar uchun zaruriy bо‘lgan boshqa turlarini kiritish bilan erishiladi. Davolovchi jismoniy tarbiya (DJT) maxsus usullar (postural drenaj, kо‘krak qafasini tebratuvchi uqalash, nafas olish mashqlari)ni о‘z ichiga oladi va jismoniy mashqlarning keng doirasini qamrab oladi. DJT – bolalarni davolash va sog‘lig‘ini tiklash chora-tadbirlarining eng muhim tarkibiy qismidir. U bilan birga sо‘nggi paytda kardiorespirator tizimiga ijobiy ta’sir qilib, bolaning jismoniy kuch-quvvatini oshiruvchi va kayfiyatini kо‘taruvchi dozalashtirilgan jismoniy yuklamalar: yugurish yо‘lakchasida chopish; trenajerlar, mini-batutlar va boshqa mashqlar keng qо‘llanilmoqda. Chiniqtirish tadbirlari tizimida sovuqqa moslashishni tezlashtirish yetakchi о‘rinda turadi. Bola muhitning, ob-havo va boshqa iqlim omillarining о‘zgarib turuvchi shart-sharoitlariga yaxshi moslashgan bо‘lishi kerak. An’anaviy usullardan havo, quyosh vannalarini olish, ochiq havoda uxlash, ochiq maydonchalarda о‘ynash va yilning har qanday vaqtida sayr qilish samarador hisoblanadi. Hozirgi paytda noan’anaviy chiniqtirish usullari tarqalmoqda: kontrast harorat ta’sirini qо‘llash oqibatida tabiiy termoregulyasiya mexanizmlari mashq qiladi va takomillashadi. Bolaga yoqadigan haroratli qulay dushni har kuni qabul qilish nafaqat gigiyenik, balki chiniqtiruvchi vazifani ham bajaradi. Keyin kontrast dushga о‘tish tavsiya qilinadi, bunda harorat yoqimli yoki chidasa bо‘ladigan darajadagi issiqlikdan to sovuqqacha bir necha marta о‘zgartiriladi. “Tuzli yо‘lakcha” usulini qо‘llash samardordir (yо‘lakchaga 1 litr suvga 100 gramm dengiz tuzi solingan namakob suv shimdiriladi) va “dengiz sayohatlari” (vanna tubiga mayda toshchalar, shag‘al solinadi; vannani 1-2 % li osh tuzi eritmasi bilan shunday tо‘ldiriladiki, bunda eritma bolaning tо‘pig‘igacha yetishi kerak; 26-24ºS li suv harorati har 2-3 kunda 1ºSdan kamaytira borib, 18-20ºS gacha yetkaziladi ). Chiniqtirishning zaruriy sharti – xonadagi havo haroratini 18-20ºS dan oshirmaslikdir. Ayniqsa, kiyimlarni 1 qavat “yengillashtirish” usuli judayam osondir. Sо‘nggi yillarda organizmning qarshilik kо‘rsatish qobiliyatini oshirish va О‘RVIning oldini olish maqsadida nuqtali uqalash usuli keng tarqaldi. О‘RVIning fizioprofilaktikasi sifatida tabiiy (iqlim, shifobaxsh balchiq, mineral vannalar) va tashkil etilgan (galvanizasiya; induktotermiya; ultrayuqori chastotali elektr maydoni – UYuCH; ultratovush; tomoq, burun shilliq qavatini ultrabinafsha nur bilan nurlantirish – UBN; bug‘dan nafas olish – ingalyasiya) fizikaviy omillar qо‘llanilmoqda. Eng kо‘p qо‘llaniladigani – UBN bо‘lib, u bakteriyalarni qiruvchi ta’sir qiladi, teri almashinuv jarayonlarini, qon va limfa aylanishini yaxshilaydi, organizmning mahalliy va umumiy qarshilik kо‘rsatish qobiliyatini oshiradi. О‘tkir kasalliklarning rekonvalessensiya davridagi tiklovchi muolajalar quyidagi fizioterapiya usullarini qamrab oladi: UYuCH, davolovchi elektroforez, parafinli va ozokeritli applikasiyalar. Sо‘nggi usul qimmatli ahamiyatga ega isituvchi omillardan bо‘lib, regenerasiya jarayonlarini faollashtiradigan biriktiruvchi tо‘qimaning fagositar funksiyasini oshiradi. Applikasiyalarni har qanday sharoitda: uyda, poliklinikada, ta’lim muassasalarida, sanatoriylarda qо‘llash mumkin. Bolalarni surunkali xastalik (adenoid vegetasiyalari, rinosinusopatiya, bodomsimon bezlarning gipertrofiyasi, surunkali tonzillitlar, sinusitlar va boshqa)larning qaytalanishiga qarshi davolash – tez-tez xastalanuvchi bolalarning salomatligini qayta tiklashdagi asosiy muolajalardan biridir. Otoloringologning kо‘rsatmasiga binoan yiliga ikki marta (sentabr, aprel) adenoid vegetasiyalari, rinosinusopatiya, bodomsimon bezlarning gipertrofiyasi, surunkali tonzillit, sinusitlar bilan og‘rigan bolalarning tomoq-xalqumlari 4-tubusli stol usti nurlantiruvchi uskunasida nurlantiriladi (cheklangan joydagi guruhli nurlantirishlar uchun). Bir muolaja kursi 6-8 nurlantirishdan (30 sekunddan to 1,5-2 minutgacha) iborat. Ikki, uch haftalik ingalyasiya – bug‘dan nafas olish kurslarini yiliga 2 marta (bahor, kuz) о‘tkazish tavsiya etiladi. Ishqorli, yog‘li, shifobaxsh giyohlarning damlamasidan ingalyasiya ovqat yeyilgandan keyin 1-1,5 soat о‘tgach, 5-7 daqiqa davomida amalga oshiriladi. Muolajani boshlashdan oldin bola og‘zi va tomog‘ini iliq qaynagan suv bilan chayishi lozim. Shuningdek, bо‘yin-kо‘krak qismiga – UBN, burun va tonzillyar limfa tugunchalari hududiga – UYuCH qо‘yish, bodomchasimon bezlarga “Lyugol” eritmasini, о‘simlik yog‘larini surtish, antiseptik eritmalar bilan yuvish tavsiya etiladi. Dori-darmonlar bilan muolaja qilish yordam bermagan taqdirda esa kasallikni jarrohlik yо‘li bilan bartaraf etish masalasi qо‘yiladi. Bolalarning UBN profilaktikasi 57,5º dan shimolroqdagi shimoliy kengliklar va atmosferasi ifloslangan hududlarda qо‘llanilishi kerak. Buning uchun “Ultrabinafsha nurlanish manbalarini qо‘llagan holda odamlarning profilaktikaviy ultrabinafsha nurlantirilishi” uslubiy qо‘llanmalariga muvofiq ravishda uzoq muddatli yoki qisqa vaqtga mо‘ljallangan nurlantiruvchi qurilma (fotariy)lar qо‘llaniladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling