Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


V. Fanlar bо‘yicha о‘qitishga о‘tish


Download 1.92 Mb.
bet65/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

V. Fanlar bо‘yicha о‘qitishga о‘tish.
Shifokorgacha bо‘lgan va maxsuslashtirilgan bosqichlarga о‘tish ilgarigi kichikroq yoshdagilardan farq qilmaydi (kо‘rsatmalarga kо‘ra faqat ginekolog-shifokor maslahati qо‘shilishi mumkin).
Shifokor-pedagogik bosqichiga asabiy-ruhiy va jismoniy rivojlanishni baholash, bolaning biologik yoshini va hujjatlardagi yoshi mutanosibligini aniqlash, moslashishni baholash kiradi.


VI. 11-12 yoshda (prepubertat yosh).
Shifokorgacha bо‘lgan bosqich (skrining va laborator tekshiruvi) maktabning о‘rta tibbiy xodimi tomonidan yoki davolash-profilaktika muassasida amalga oshiriladi.
Shifokor-pedagogik bosqichi

  • asabiy-ruhiy, jismoniy rivojlanish holati, somatik va reproduktiv sog‘ligi, sog‘lomlashtirish, salomatligin tо‘g‘irlash, davolash va qayta tiklash bо‘yicha tavsiyalvrni, mutaxassis shifokorlar (bolalar shifokori) maslahatlarini jamlagan holda salomatlik holatini baholash.

  • nevrapatolog, okulist, otorinolaringolog, jarroh (jarroh-ortoped), stomatolog, endokrinolog, ginekolog, androlog (hududlar va bolalar salomatligidan kelib chiqqan holda boshqa mutaxassislar ham qо‘shilishi mumkin) kо‘rigidan iborat bо‘lgan maxsuslashtirilgan bosqich.



VII. Pubertat yosh davri (14-15 yosh).
Profilaktika kо‘rigining birinchi bosqichida qizlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shu bilan birga ikkilamchi jinsiy belgilar va hayz funksiyasining shakllanganligi namoyon bо‘lishi darajasiga qarab jinsiy yetilishni baholash (jinsiy formulani aniqlash) uchun skrining testlari qо‘llaniladi.
Bu davrdagi kо‘rikning о‘ziga xosligi shifokor-pedagogik bosqichiga ham dahldordir – u mutaxassis shifokorlar maslahatlarini va harbiy xizmatga chaqirilishdan oldingi yoshdagi о‘smir yigitlarning sog‘ligi haqidagi ma’lumotlarni qamrab oladi.
Majmuaviy tibbiy kо‘rik natijalari asosida reproduktiv sog‘ligi havfli guruhga kiruvchi qizlar ajratib olinadiki, ular quyidagilarga ega bо‘lishadi:

  • surunkali xastaliklar, ayniqsa endokrin, siydik chiqarish, jinsiy tizimlari, tayanch-harakat apparati kasalliklari, surunkali tonzillitlar, kо‘rishning buzilganligi

  • jismoniy rivojlanishning buzilganligi

  • ovarial-hayz funksiyasi tuzilishi va xususiyatlaridagi meyordan chetlanishlar: hayz yoshining 3 yili davomida hayz maromining shakllanmaganligi va menarxening kech boshlanganligi

  • katta aqliy va jismoniy zо‘riqishlar (umumta’lim va musiqa maktablari va tasviriy san’at maktablaridagi, raqs tо‘garaklari, sport tо‘garaklaridagi mashg‘ulotlar)

  • zararli odatlar (chekish, ichkilikbozlik va hokazo) va jinsiy ahloqning havfli kо‘rinishlari

  • yomon mikroijtimoiy sharoitlarda tarbiyalanayotgan qizlar

Reproduktiv sog‘liq buzilishlarining oldini olish maqsadida havfli guruhga kiruvchi qizlar salomatligi ustidan tibbiy nazorat о‘rnatiladi va sog‘lomlashtiruvchi sog‘likni tо‘g‘rilovchi chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi.



Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling