Vi bob elektrolitik dissotsilanish


*******************************************


Download 407.94 Kb.
bet59/83
Sana07.05.2023
Hajmi407.94 Kb.
#1438807
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Bog'liq
III-KITOBCHA

*******************************************
UGLEROD GRUPPACHASI.
Uglerod, kremniy birikmalari va ularning xossalari
1.Uglerod quyidagi konsentrlangan kislotalarning qaysilari bilan reaksiyaga kirishmaydi.
1) vodorod xlorid; 2) nitrat kislota;
3) ortofosfat kislota; 4) sulfat kislota.
A)1, 4 B) 2, 4 C) 1, 2 D) 1, 3


2.Uglerod qaysi kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi. 1) 36% li vodorod xlorid; 2) 100% li nitrat kislota;
3) konsentrlangan fosfat kislota:
4) 98% li sulfat kislota; 5) 3% li xlorid kislota.
A) 4, 5 B) 2, 4 C) 2, 3 D) 1, 5


3.Qaysi birikmada uglerod uch valentli.
A) is gazi B) oksalat kislota
C) etan D) sianid kislota


4.1000 m3 suv gazini olish uchun tarkibida 0,95 massa ulush uglerod tutgan ko`mir massasini (kg) toping.
A) 268 B) 262 C) 282 D) 290


5.Hajmi 2000 m3 bo`lgan suv gazini olish uchun massa ulushi 0,95 bo`lgan ko`mirning massasini (kg) hisoblang. Reaktsiyada isrofgarchilik 3% ni tashkil etadi. A) 581 B) 262 C) 273 D) 290


6. “Sintez gazi” - bu ...
A) bir hajm azot (I) oksid va bir hajm kislorod
B) bir hajm is gazi va ikki hajm karbonat angidrid
C) bir hajm is gazi va bir hajm vodorod
D) bir hajm vodorod va bir hajm is gazi


7.Quyidagi berilgan qaysi reaksiyalar natijasida is gazi hosil bo`ladi.
1) C+O2 ;
2) C+O2(kam miqdorda)→;
3)CO2+C→;
4) C+H2O→;
5) HCOOH
A) 2, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3 C) 2 D) 1


8.Is gazi bilan vodorod aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 6,2 bo`lgan 28 l miqdorini yondirish uchun necha litr havo [φ(O2)=0,2] talab etiladi?
A) 50 B) 60 C) 30 D) 70


9.Massasi 75 g bo`lgan ohaktoshning parchalanishidan hosil bo`lgan karbonat angidrid, reaksiya unumi 0,75 ga teng bo`lganda, qancha massa (g ) o`yuvchi kaliy bilan reaksiyaga kirishib, o`rta tuz hosil qiladi. A) 40 B) 84 C) 20 D) 45


10. 300 oS da ammoniy karbonat qizdirilishidan hosi1 bo`lgan gazlar aralashmasining shu temperaturadagi o`rtacha molekular massasini (g/mol) hisoblang.
A) 61 B) 26 C) 24 D) 96


11.Tarkibida qo`shimchalarning massa ulushi 0,15 bo`lgan 200 g ohaktoshning yuqori temperaturada parchalanishidan qancha mol karbonat angidrid olish mumkin. Reaksiya unumi 90% ga teng.
A) 38 B) 2,0 C) 1,5 D) 1,7


12. Kalsiy gidroksid eritmasi orqali karbonat angidrid o`tkazilganda, massasi 20,25 g bo`lgan kalsiy gidrokarbonat olindi. Eritma orqali o`tkazidgan CO2 ni n.sh. da o`lchangan hajmini (l) aniqlang.
A)33,6 B) 5,6 C) 11,2 D) 22,4


13.Hajmi 2,24 l (n.sh.) bo`lgan CO va CO2 aralashmasi yonishi natijasida hosil bo`lgan
gazni 7,4 g so`ndirilgan ohakli eritma orqali o`tkazilganda hosil bo`lgan cho`kma miqdorini (mol) hisoblang. A) 2,0 B) 1,5 C) 10 D) 0,1


14.Hajmi (n.sh.da) 8,34 l bo`lgan 14 g uglerod (II) oksid va uglerod (IV) oksid gazlar aralashmasi chog`langan ko`mir ustidan o`tkazilgandan keyin uning hajmi qanchaga (l) oshdi?
A) 13,344 B)8,34 C 3,336 D)5,004 E)7,536


15.Hajmi 2,24 l (n.sh.) bo`lgan CO va CO2 aralashmasi yonishi natijasida hosil bo`lgan gazni 7,4 g so`ndirilgan ohakli eritma orqali o`tkazilganda hosil bo`lgan cho`kma miqdorini (g) hisoblang.
A) 10 B) 5 C) 0,1 D) 1,5


16.CO, CO2 va N2 dan iborat aralashma yetarli miqdordagi kislorodda yondirilib, so`ng Ca(OH)2 eritmasi orqali o'tkazilganda 20 g cho`kma tushdi va 11,2 l (n.sh.) oddiy modda ortib qoldi. Boshlang`ich aralashma hajmini (l, n.sh.) toping.

Download 407.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling