Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

Mehnat resurslari – mehnatga layoqatli yoshda bo’lgan mehnatga layoqatli 
aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan tashqari yoshda (pensionerlar va o’smirlar) 
mehnat qilayotgan shaxslarning jamlanmasidir. 
Xalqaro Mehnat Tashkiloti uslubiyotiga muvofiq iqtisodiy faol aholi iqtisodiy 
faolligini belgilash uchun o’rnatilgan yoshda (15-72 yosh) bo’lgan, tovarlar ishlab 
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ish kuchi taklif etilishini ta’minlaydigan 
aholi qismidir. Iqtisodiy faol aholiiqtisodiy faoliyatining barcha sohalarida ish bilan 
band bo’lganlar va ishsizlarni qamrab oladi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun 
o’rnatilgan yoshda bo’lgan, ish bilan band bo’lmaganlar, lekin ish qidirmayotganlar 
va ishlashga tayyor emaslarni iqtisodiy faol bo’lmagan aholi tarkibiga kiritadi. 
O’zbekiston Respublikasi statistika organlari iqtisodiy faol aholiatamasini 
1993 yildan e’tiboran faol qo’llashga kirishgan. Mamlakatda amaldagi 
qonunchilikka muvofiq,iqtisodiy faol aholierkaklar uchun 44 yilni (16 yoshdan 60 


yoshgacha), ayollar uchun esa 39 yilni (16 yoshdan 55 yoshgacha) tashkil etadi. Iva 
II guruh nogironlar hamda imtiyozli pensiya oluvchilar bundan istisnodir. 
 
6.1-jadval 
 
Mehnat resurslari va ular bilan bog’liq tushunchalar

 
Iqtisodiy atamalar 
Iqtisodiy atamalar talqini 
Inson 
Mehnat qilish qobiliyatining eltuvchisi 
Moddiy resurslar 
Moddiy ashyo omillari: yer va kapital 
Inson resurslari 
Insonning mehnat qilishva tadbirkorlik qobiliyati 
Inson kapitali 
Inson tomonidan ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish 
jarayonida foydalaniladigan qobiliyat va sifatlar zahirasining 
jamlanmasi 
Ish kuchi 
Inson mehnat faoliyati jarayonida foydalanadigan jismoniy va 
ma’naviy qobiliyatlarining jamlanmasi 
Mehnat resurslari 
Mehnatga layoqatli yoshda bo’lgan mehnatga layoqatli aholi hamda 
mehnatga 
layoqatli 
yoshdan 
tashqari 
yoshda 
(pensioner- 
lar va o’smirlar) mehnat qilayotgan shaxslarning yig’indisi 
Iqtisodiy faol aholi 
Iqtisodiy faolligini belgilash uchun o’rnatilgan yoshda bo’lgan, 
tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish uchun ish kuchi taklif 
etilishini ta’minlaydigan aholi qismi: iqtisodiy faoliyatining barcha 
sohalarida ish bilan band bo’lganlar,ishsizlar vaish kuchini taklif 
etayotganlar 
Iqtisodiy faol bo’lmagan 
aholi 
Aholi iqtisodiy faolligini belgilash uchun o’rnatilgan yoshda bo’lgan, 
ish bilan band bo’lmaganlar, lekin ish qidirmayotganlar va ishlashga 
tayyor bo’lmagan 
O’zbekistonda iqtisodiy faol bo’lmagan aholitarkibigamehnat qilishga 
qobiliyatli va ishsiz deb hisoblanmaydigan shaxslar, shu jumladan:
• ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan hamda ish haqiga yoki 
mehnat daromadiga ega bo’lmagan o’quvchilar va talabalar;
• ishlamayotgan uchinchi guruh nogironlari; 
• uy bekalari hamda bolalarni parvarish qilish bilan band bo’lgan 
ishlamayotgan ayollar;
• ko’char va ko’chmas mulkdan daromad olayotgan ishlamayotgan shaxslar; 
• ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo’lmagan shaxslar kiradi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar K.R. Makkonnell va S.L. Bryular iqtisodiy 
o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omil sifatida mehnat resurslarining miqdori va sifatini 
alohida ajratib ko’rsatishadi. Ular nazariyasiga muvofiq mehnat resurslarining 
miqdori iqtisodiyotda band bo’lgan kishilar soni hamdaularning mehnatga layoqatli 
aholi tarkibidagi ulushi bilan belgilanadi. Mehnat resurslarining sifatini ifodalovchi 
va mehnat unumdorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida esa kishilar 
salomatligining yaxshilanishi, kasb tayyorgarligi, bilimi va manfaatdorligining 
o’sishi ko’rsatkichlari keltiriladi
1

1
Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. В 2 т.:/Пер. с англ. 2-е изд. Т.1. –
М.: Республика. 1992. – С.382-383. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling