dastlabki taqsimlashga umumta’lim, o’rta maxsus, kasb–hunar ta’limi muassasalari
va oliy o’quv yurtlarining bitiruvchilariniishga joylashtirish kiradi.Mehnat
resurslarini ikkilamchi taqsimlash esa mehnat resurslarining mobilligi bilan
bog’liqdir.Bunday taqsimlash asosan ish bilan bandlik
xizmatlari orqali amalga
oshiriladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish bevosita ish joyida, aniq ijtimoiy foydali
mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishdan iborat bo’lgan mehnat faoliyati
jarayonida amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda asosiy e’tibor
ishlab chiqarishda
xodimlardan samarali foydalanishga qaratilishi kerak. Bu ko’p jihatdan ishlab
chiqarishni modernizatsiyalashtirilishi, yangi texnologiyalarni
joriy etilishi,
personalni boshqarishni takomillashtirilishiga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: