Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bilan boshkarish va tartibga solib


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bilan boshkarish va tartibga solib 
turish. 


Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozorida ham, davlat va 
xususiy kompaniyalarda ham uyushmagan sektordagi ish haqi keng namoyon etilgan 
bo’lib, ulardagi ish kuchi kasaba uyushmalari bilan qamrab olinmagan va mehnatga 
haq to’lash to’la-to’kis ma’muriyat tomonidan belgilanadi. 
Mehnat bozori — bu, shunday bir sohaki, u yerda pirovard natijada 
mehnatning har xil turlariga baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga 
to’lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqei bilan mustahkam bog’liq 
bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat va bundan tashkari, bandlilik imkoniyatini ham 
belgilab beradi. 
Mehnatga xaq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va 
qulayligi mehnatga haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor 
bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish xaqi haqida tushunarli va batafsil axborot 
mavjud bo’lgandagina u jon-dili bilan berilib mehnat qiladi. Xodimlar qanday 
holatda ish haqining miqdori, ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq 
tassavur qilishlari lozim. 
Mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementlari mehnatni 
normalash, tarif tizimi, ish xakining shakllari va tizimlaridir. 
Mehnatni normalash — bu, ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning 
natijalarini vaqt normalari, soni, xizmat ko’rsatishning boshqarilishi, mahsulot 
ishlab chiqarish normalangan topshiriklar normalarini aniklashdir. Bular bo’lmasa, 
mehnat mikdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga qo’shgan alohida hissasini 
hisobga olib bo’lmaydi. 
Ish haqining shakllari va tizimlari — mehnatning miqdor natijalari va 
sifatiga (murakkabligi, intensivligi, shart-sharoitlariga) bog’liq ravishda ish haqini 
belgilash mexanizmidir. 
Tarif tizimi turli normativ materiallar majmuidan iborat. Ular yordamida 
korxonadagi xodimlar ish haqi darajasi ularning malakasi, ishlarning murakkabligi, 
mehnat sharoitlari, korxonalarning jo’g’rofiy o’rni va boshqalarga qarab belgilanadi. 
Tarif tizimining asosiy elementlariga tarif setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka 
ma’lumotnomalari, lavozim maoshlari, xizmatchilar lavozimlarining tarif 
ma’lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va qo’shimcha haqlar, ish haqiga doir 
mintaqaviy malaka koeffitsiyentlari kiradi. 
Tarif stavkalari razryadlar shkalasidan iborat bo’lib, ularning har biriga o’z tarif 
koeffitsiyenti berilgan va har kanday razryadning tarif stavkasi birinchi razryaddan 
necha marta ko’pligi ko’rsatilgan. Birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti birga 
tengdir. Razryadlar mikdori va ularga tegishli tarif koeffitsentlarining mikdori 
korxonalarda tuziladigan jamoa shartnomasida belgilanadi. Jamoa shartnomasi tarif 
bitimi asosida ishlab chiqiladi va xodimlar axvolining shartnoma shartlariga 
nisbatan yomonlashuvini nazarda tutmaslik lozim. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling