Aholining to’lovga qobiliyatli talabini shakllantirish funksiyasi. Bu
funksiyaning vazifasi tulovga qobiliyatli talabni muvofiklashtirishdir, bunday talab
deganda xaridorlarning pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarining namoyon
bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish nazarda
tutiladi. To’lovga qobiliyatli talab ikki asosiy omil — jamiyatning ehtiyojlari va
daromadlari ta’sirida shakllanadi va bozor sharoitida nsh haqi yordamida tovarni
taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’xshatishga yordam beradi.
Yuqorida aytib o’tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng
muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur:
Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi yuksalib borgan sari real ish
haqining ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obektiv iqtisodiy
qonunning amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq ehtiyojlarning
yanada to’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy
ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real
bo’ladi. Biroq bunday imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan mehnat
samaradorligining bog’lanishini taqozo etadi. Bunday bog’lanishning yо’qligi esa,
bir tomondan, ishlab topilmagan pulning berilishiga, demak, inflyatsiyaga, olingan
nominal ish xaqining ta’min etilishiga va real ish xaqining pasayishiga olib kelishi,
ikkinchi tomondan esa, pasaytirilgan, mehnat hissasining samaradorligiga mos
kelmaydigan nominal ish haqining tо’lanishiga olib kelishi mumkin. Natijada
xodimlarning ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish va ish xaqinig ko’payish
imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
Barobar
(teng)
mehnat
uchun
barobar
haq
to’lash.
Bozor
sharoitida bu tamoyilni ishlovchining jinsi, yoshi, milliy mansubligi va hokazolarga
karab uning mehnatiga haq to’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir. Buni korxona
yoki firma ichidagi taqsimotda adolat tamoyiliga rioya etish deb tushunish kerak. U
bir xildagi mehnatga bir xil haq to’lash orqali bir xil baxolashni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |