belgilashdan iborat bulib, bunda ko’rsatib o’tilgan bog’liqlik xodimni o’z mehnati
natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga kiziqtirishi lozim.
O’lchov - taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma
xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida
taqsimlash vaqtida jonli
mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ish haqi vositasida ishlab
chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining mehnat hissasiga muvofiq uning iste’mol
fondidagi alohida ulushi aniqlanadi.
Resurslarni joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi
ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormokda. Uning mohiyati
mehnat resurslarini
mintaqalar, iqtisodiyot tarmoklari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda
joylashtirishdan iborat. Mehnat resurslarini joylashtirish
sohasidagi davlat
boshqaruvi eng kam darajaga keltirilgan sharoitda,
mehnat bozorining samarali
faoliyat ko’rsatishini shakllantirish faqat har bir yollanma xodimda o’z mehnatini
sarflash joyini tanlashda erkinlik bulgan taqdirdagina turmush darajasini oshirishga
intilish, ish topish maqsadida uni boshqasi bilan almashtirishni taqozo kiladi, bu ish
esa, uning ehtiyojlarini eng ko’p darajada qondirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: