Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

M
mp
 = I
mhj
 : V
bek
(6.5.) 
Bir xodim tomonidan bajarilgan ish miqdori mahsuldorlik bilan o’lchanadi. 
Mahsuldorlik ko’rsatkichi orqali bajarilgan har qanday ish (tovarlar ishlab chiqish, 
ularni sotish yoki xizmatlar ko’rsatish) hajmini aniqlasa bo’ladi. 
Mahsuldorlik (M) bajarilgan ish hajmining (I
h
) unga sarf qilingan vaqtga (V
b

nisbati sifatida aniqlanadi: 
M = V

: I
h
(6.6.) 
Mahsuldorlik turli vaqt birliklari uchun hisoblab chiqilishi mumkin. Umuman, 
ushbu mahsuldorlik quyidagi vaqt birliklariga nisbatan aniqlanadi: 
1. Har bir soat o’rtacha mahsuldorligi. Bu ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ko’rsatilgan xizmat) hajminingmehnat faoliyati amalga oshirilgan mazkur vaqt 
birligiga nisbatidir: 
Har bir soat o’rtacha mahsuldorligi = Ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ko’rsatilgan xizmat) hajmi : mehnat faoliyati amalga oshirilgan soat 
2. O’rtacha kunlik mahsuldorlik. Bu muayyan vaqt davomida kuninga 
qancha mahsulot ishlab chiqarilgani (xizmatlar ko’rsatilgani) ko’rsatkichidir. Kunlik 
o’rtachamahsuldorlik ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmat) hajmining 
barcha xodimlarning odam-ish kunidagi mehnat faoliyatiga nisbatidir: 
Har bir kun o’rtacha mahsuldorligi = Ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ko’rsatilgan xizmat) hajmi : barcha xodimlarning odam-ish kunidagi mehnat 
faoliyati 
3.O’rtacha oylik mahsuldorlik. Bu bir oy davomida ishlab chiqarilgan 
mahsulot (ko’rsatilgan xizmatlar) hajmining xodimlarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha 
soni nisbatidir.
O’rtacha oylik mahsuldorlik = Ishlab chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan 
xizmat) hajmi : hajmining xodimlarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni
 
Bunday o’rtacha mahsuldorlikni yil choragi va yil uchun ham ishlab chiqish 
mumkin. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling