Vi– semester. 3-mavzu: O’zbekiston respublikasi ta’lim tizimida modernizasiya jarayonlari ma’ruza mashg’uloti rejasi


Ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Download 0.81 Mb.
bet2/12
Sana29.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1305697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-maruza mashg`uloti

3.2. Ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish, o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish, o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.

O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi – o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik, ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishini ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish shakli.


O’quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta’lim berishning vazifalari etib quyidagilar belgilab qo’yildi:


o’quvchilar tomonidan kasb-hunar ko’nikmalarining o’zlashtirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o’rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish;
kasbiy ta’lim berish jarayonida «usta-shogird» an’analari, mahalliy va xorijiy ilg’or tajribani o’rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta’lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish;
kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash;
o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish ko’nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol shug’ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo’lishlarini ta’minlash;
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo’yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
Akademik litsey – o’rta maxsus o’quv yurti. Akademik litsey o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Akademik litseyda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling