Vii bob. Boshqaruv qarorlari
Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
Download 41.52 Kb.
|
7-mavzu
Boshqaruv qarorlariga qo‘yiladigan talablar
Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu erning o‘zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi: • Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozim)? • Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo‘llash lozim? • Ishlab chiqarish harajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo‘lishi kerak? • Kim javobgar bo‘lishi kerak? • Kimga va qaysi bahoda sotish lozim? • Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? • Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo‘ladi. Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, sex boshlig‘i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan sex va ish uchastkalarining ishini muvofiqlashtirishga, o‘zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor (rais) asosan istiqboldagi masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondoshadilar. Masalan, ulardan ba’zilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori turgan rahbarlarga ma’lum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay turib hech qanday qaror qabul qilmaydi. Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror qabul qilishdan cho‘chiydi, o‘z rahbari ko‘rsatmasini kutib o‘tiraveradi. Har qanday darajadagi rahbar o‘z huquq va burchlarini, mas’uliyat va javobgarligini, o‘z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiktirib qabul qilingan qaror uchun javobgar bo‘lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog‘i lozim. Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg‘itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim doirasi torligidan, o‘z sohasini yaxshi bilmasligidan, o‘z vazifasini uddalay olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim ham o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o‘zining burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak. Ko‘ndalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘z ishini bajarishi kerak, yuqori organlarga hadeb murojaat qilinaversa, ular yirik muammolar bilan shug‘ullanishga etarli vaqg topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o‘z huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin. Download 41.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling