Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet24/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

29 – PARAGRAF
1. Ilk o’rta asrlarda Yevropada bino va hatto qasrlar ham nimadan qurilgan ? Yog’ochdan
2. G’arbiy Yevropada qurilish sohasi nechanchi asrdan taraqqiy eta boshlaydi ? XI asrdan
3. G’arbiy Yevropada qurilishda toshdan foydalanishga nechanchi asrdan o’tiladi ? XI asrdan
4. G’arbiy Yevropada toshdan dastlab qanday binolar quriladi ? Ibodatxona va monastirlar
5. XI asrda qurilish toshlari bo’lmagan Angliya va Polshada saroylar va ibodatxonalar nimadan qurilgan ? Pishiq g’ishtdan
6. Fransiya, Italiya va Germaniyada ilk o’rta asrlarda dastlab qanday qurilish uslubi hukmron bo’lgan ? Roman uslubi
7. O’rta asrlarda Yevropada qanday uslubda qurilgan ibodatxonalar qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun bino bo’lgan ? Roman
8. O’rta asrlarda Yevropada roman uslubida qurilgan binolarning o’ziga xos tomoni nima bo’lgan ? Deraza tepasi, ibodatxonaga kiraverish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoqlar bilan bezatilgan
9. Laax monastiri qayerda joylashgan ? Germaniyada
10. Laax monastiri nechanchi asrda qurilgan ? XI asrda
11. Laax monastiri qaysi uslubda qurilgan ? Roman uslubida
12. O’rta asrlar an’anasiga ko’ra Yevropada shahar markazida eng ko’rkam va ulug’vor bino qaysi bo’lgan ? Cherkov
13. Yevropa me’morchiligida roman uslubini siqib chiqargan uslub qaysi ? Gotika uslubi
14. Yevropada gotika uslubida qurilgan binolar nimasi bilan xususiyatlangan ? Balandligi bilan
15. Gotika uslubida qurilgan Yevropadagi eng mashxur inshootlar qaysilar ? Parijdagi Bibi Maryam, Ruan , Reyms va Shartr hamda Milan ibodatxonalari
16. Bibi Maryam, Ruan, Reyms hamda Shartr ibodatxonalari qaysi davlatda joylashgan ? Fransiya
17. Milan ibodatxonasi qaysi davlatda joylashgan ?Italiya
18. G’arbiy Yevropada X asrdan XII-XIII asrlargacha hukm surgan badiiy uslub qaysi ? Roman uslubi
19. “Roman” so’zining ma’nosi nima ? “rimniki”
20. Gotika uslubi qachon va qayerda vujudga kelgan ? XII asrda Shimoliy Fransiyada
21. Gotika uslubi nechanchi asrda yuksak darajada rivojlanadi ? XIII asrning 1-yarmida
22. Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi qayerda joylashgan ? Venetsiyada
23. Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi qaysi uslubda qurilgan ? Vizantiya uslubida
24. Ispaniyaning Seviliya shahridagi masjid va Al-Qasar qasri qaysi uslubda qurilgan ? Arab uslubida
25. Granadadagi Al-Humro saroyi qaysi uslubda qurilgan ? Arab uslubida
26. O’rta asrlarda haykaltaroshlikni rivojlanishi qaysi soha bilan bog’liq bo’lgan ? Me’morchilik
27. O’rta asrlarda Yevropada haykallarning asosiy buyurtmachilar qaysi tashkilot bo’lgan ? Cherkov
28. O’rta asrlarda eng ko’p uchraydigan haykallar qanday haykallar bo’lgan ? Bibi Maryam haykallari
29. Bibi Maryam haykallari Yevropada nima deyilgan ? Madonna
30. O’rta asrlarda qaysi haykallarda onaning farzandga mehr-muhabbati mujassamlashgan ? Bibi Maryam (Madonna)
31. Antik davr haykallarida nima ulug’langan ? Inson tanasining go’zalligi
32. O’rta asr haykallarida haykaltaroshlar nimani ifodalashga intilgan ? Insonlardagi tashqi go’zallik orqali o’z qahramonlatining o’y hayollar, hislarini ifodalashga intilgan
33. O’rta asr haykaltaroshlari nima uchun inson haykallarini nimjon, ozg’in, xunuk ko’rsatilgan ? Iloh, avliyo-anbiyolar oldida ojizligini ifodalagan
34. Qanday uslubdagi haykallarda inson qiyofasi, tanasi bir muncha tabiiyuroq tasvirlangan ? Gotika uslubidagi haykallarda
35. O’rta asrlarda Yevropada qanday uslubda qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplarini diniy mavzudagi su’ratlar bezab turgan ? Roman uslubida
36. O’rta asrlarda Yevropada qaysi uslubda qurilgan cherkovlarda derazalar orasida rasmlar chizish uchun joy qoldirilgan ? Gotika uslubida
37. O’rta asrlarda Yevropada qanday uslubdagi cherkovlar derazalalriga oddiy oynalar o’rniga vitrajlar solingan ? Gotika
38. “Vitraj” nima ? Tiniq rangli shishalardan yasalgan su’rat yoki bezaklar
39. “Miniatura” nima ? Fransuzcha “miniature” , lotincha “minium” so’zlaridan olingan bo’liob, “qizil bo’yoq” degan ma’noni anglatadi
40. Kitoblarni bezash uchun tasvir nima deyiladi ? Miniatura
41. Badiiy usullari o’ta nafis bo’lgan kichik hajmli tasviriy san’at nima deyiladi ? Miniatura
42. Nechanchi asrlardan G’arbiy Yevropada ritsarlar hayoti , harbiy yurishlar va jasoratlarini ifodalovchi xalq qo’shiqlari hamda qissalari shakllana boshlaydi ? VIII-IX asrlardan
43. “Roland haqida qo’shiq” dostoni qachon yaratilgan ? XII asrda
44. “Roland haqida qo’shiq” dostoni nima haqida ? Buyuk Karlning Ispaniyaga yurishlari va franklar jasorati haqida
45. “Sid haqida qo’shiq” dostoni qachon va kimlar tomonidan yaratilgan ? XII asrda Ispanlar tomonidan
46. “Sid haqida qo’shiq” dostoni nima haqida ? Ispanlarning arablarga qarshi milliy ozodlik kurashi haqida
47. “Nibelunglar haqida qo’shiq” dostoni qayerda yaratilgan ? Germaniyada
48. “Nibelunglar haqida qo’shiq” dostoni nima haqida ? Xunnlarning burgundlar (nibelunglar) davlatini tor-mor etishi haqida
49. O’rta asrlarda yaratilgan qaysi dostonda o’rta asr folklori ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bilan qorishib ketgan ? “Nibelunglar haqida qo’shiq”
50. Ritserlarning Sharqqa salb yurishlari davomida to’plagan boy taasurotlari asosida adabiyotning yangi sohasi ritserlar romanlari yozish qachondan vujudga keladi ? XII asrdan
51. O’rta asrlarga oid ritserlar romanlari orasida eng mashxuri qaysi turkumga kiruvchi romanlar hisoblanadi ? Bretan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumiga
52. “Tristan va Izolda” qanday janrdagi asar hisoblanadi ? Tragediya
53. “Tulki haqida roman” asari qayerda yaratilgan ? Fransiyada
54. “Tulki haqida roman” asarida feodal nima sifatida tasvirlangan ? Ahmoq Ayiq
55. “Tulki haqida roman” asarida ritser nima sifatida tasvirlangan ? Ochko’z bo’ri
56. “Tulki haqida roman” asarida ishbilarmon va oqil shaharlik nima sifatida tasvirlangan ? Tulki
57. “Tulki haqida roman” asarida qirol nima sifatida tasvirlangan ? Sher
58. “Tulki haqida roman” asarida ruhoniy nima sifatida tasvirlangan ? Eshak
59. Gumanistlar kimlar ? Madaniyatning yangi arboblari bo’lib, insonni o’rganishni o’zlarining asosiy vazifasi deb biluvchilar
60. “Renssans” atamasining ma’nosi nima ? Fransuzcha “uyg’onish” degani
61. Yangi madaniyat bilan antik davr madaniyati aloqadorligini ko’rsatuvchi atama qaysi ? Renessans
62. O’rta asrlarda qaysi soha vakillari yashash va mehnat qilish imkoniyatini yuksak baxt deb tushungan ? Gumanistlar
63. O’rta asrlarda gumanistlar qaysi xalqlar madaniyatini o’rganishga katta e’tibor bergan ? Yunon va Rim
64. O’rta asrlarda gumanistlar antik davr va uyg’onish orasidagi (V-XV asrlarni) davrni nima deb atashgan ? Nodonlik, jaholat asri
65. O’rta asrlarda gumanistlar gumanizm davrini (XVI asrni) nima deyishgan ? “Yangi zamon”
66. O’rta asrlarda Uyg’onish davri madaniyati markazi qayer bo’lgan ? Florensiya
67. O’rta asrlarda qaysi shahar savdodan keladigan daromatdan Yevropaning eng boy shahriga aylanadi ? Florensiya
68. XV asrda qaysi shahar Italiyaning madaniyat markaziga aylanadi ? Florensiya
69. O’rta asrlarda eng mshxur rassomlar, haykaltaroshlar, me’morlar qaysi shahardan chiqqan ? Florensiyadan
70. Yevropadagi birinchi akademiya qaysi ? Kruska akademiyasi
71. Kruska akademiyasi qachon ochilgan ? 1582-yilda
72. Kruska akademiyasi qaysi shaharda tashkil topgan ? Florensiyada
73. Italyan tilidagi dastlabki katta lug’at qaysi akademiyada nashr etilgan ? Kruska akademiyasida
74. Yevropaning o’rta asrlardagi ikkinchi madaniyat markazi qaysi shahar bo’lgan ? Venetsiya
75. Venetsiyada nechanchi asrdan kitob chop etish yuksaladi ? XV asrdan
76. XV asrda Venetsiyadagi eng mashxur bosmaxona qaysi bo’lgan ? Aldo Manutsiya
77. Ilk uyg’onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki vakili kim bo’lgan ? Franchesko Petrarka
78. Franchesko Petrarka yashagan yillar ? 1304-1374-yillar
79. “Qo’shiqlar kitobi”, “She’riy maktublar” asarlarini muallifi kim ? Franchesko Petrarka
80. Franchesko Petrarkaning do’stlari va davomchilari kimlar ? Bokachcho va Salyutati
81. Kimlarning ijodi XV asr boshlarida Italiyada ilk gumanizm davrini yakunlaydi ? Bokachcho va Salyutati
82. Jovanni Bokachcho yashagan yillar ? 1313-1375-yillar
83. Jovanni Bokachchoning butun umri qaysi shaharlar bilan bog’liq kechadi ?
84. “Dekameron” asari muallifi kim ? Jovanni Bokachcho
85. Yangi uslub novellalarini yozishni boshlab bergan kim ? Jovanni Bokachcho
86. Jovanni Bokachchoning qaysi asarida gumanistik g’oyalar umumlashgan bo’lib, insonning yuksak fazilatlari o’z ifodasini topgan ? “Dekameron”
87. Kolyuchcho Salyutati yashagan yillar ? 1331-1406-yillar
88. Kolyuchcho Salyutati qayerda yashagan ? Florensiyada. U yuqori davlat lavozimida ishlagan

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling