Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet27/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

32 – PARAGRAF
1. Chingizxon qaysi hududlarni bosib olgandan so’ng rus yerlariga bostirib kiradi ? O’rta Osiyo va Eronning shimolini
2. Chingizxon rus yerlariga qachon bostirib kiradi ? 1223-yilda
3. Chingizxon boshliq mo’g’ul qo’shinlari qanday yo’l bilan Rus askarlarini tor-mor etadi ? Harbiy hiyla ishlatib, otliq qo’shin harakati uchun qulay maydonga chiqib
4. Chingizxonning nabirasi Botuxon nechanchi yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlarini olib boradi ? 1237-1242-yillarda
5. Botuxon qo’shinlari avval Rus knyazliklarini egallab keyinchalik qaysi hududlarni istilo qiladi ? Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani
6. Botuxon boshliq mo’g’ul qo’shinlari qachon Kiyevni egallaydi ? 1240-yilda
7. Mo’g’ullar tomonidan Kiyevning egallanishiga qanday omil yo’l ochib bergan ? Rusdagi feodal tarqoqlik
8. 1237-1240-yillarda Botuxon boshliq mo’g’ul qo’shinlari qayerni egallaydi ? Rus yerlarini
9. Yangi bosib olingan o’lkalarda Oltin O’rda xonligini kim tuzgan ? Botuxon
10. Oltin O’rda xonligi tshkil topgan paytda poytaxti qaysi shahar edi ? Saroyi Botu (keyinchalik Saroyi Berka)
11. Saroyi Botu shahri qaysi hududda joylashgan edi ? Volga daryosining quyi oqimida , hozirgi Astraxan shahri yaqinida
12. Botuxon qanday maqsadda rus knyazlariga himmat ko’rsatib , Yaroslavni “knyazlar oqsoqoli” deb tan oladi va Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq beradi ? Bo’ysundirilgan aholidan soliq va to’lovlarni tezroq to’lashi maqsadida
13. Qaysi Chernigov knyazi mo’g’ullarning gulxanlar orasidan o’tib tozalanish va sanamlarga ta’zim etish udumlarini bajarishdan bosh torgan ? Mihail Vsevolodovich
14. Mihail Vsevolodovich mo’g’ullar tomonidan qanday qilib o’ldiriladi ? Kaltaklab
15. Pravoslav cherkovi qaysi knyazni avliyo deb e’lon qilib , uning hokini Moskva kremlidagi Arxangelsk ibotatxonasiga dafn etadi ? Mihail Vsevolodovich
16. Nemis feodallari XIII asr boshlarida Botiqbo’yida yashovchi qaysi qabilalarga qarshi urush olib boradi ? Est va Lit
17. Nemis feodallari XIII asr boshlarida Botiqbo’yida yasovchi est va lit qabilalariga qarshi urush olib borishini Rim papasi salb yurishi deb e’lon qilishidan maqsad nima edi ? Mahalliy aholini katolik diniga o’tkazish
18. XIII asr boshlarida qaysi orden estlar yerlarini egallaganidan so’ng , Novgorod – Pskov chegaralariga yaqinlashadi ? Livoniya ordeni
19. 1240-yilda Novgorod yerlariga bostirib kirganlar kimlar ? Shvedlar
20. 1240-yil 15-iyulda Neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g’alaba qozongan Novgorod knyazi kim ? Aleksandr Yaroslavich
21. “Nevskiy” nomi kimga berilgan ? Aleksandr Yaroslavichga
22. 1240-yil Pskov yaqinidagi Izborsk qal’asini kimlar egallaydi ? Nemis ritserlari
23. 1240-yilda Rus yerlariga kimlar bostirib kiradi ? Shved va nemislar
24. Kimning hoyinligi tufayli Pskov nemislar qo’liga o’tadi ? Shahar hokimi Tverdila
25. Aleksandr Nevskiy kimning yordamida Pskov va uning atrofidagi yerlarni nemislardan ozod qiladi ? Knyaz Suzdal yordamida
26. Ruslar va nemislar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon va qayerda yuz bergan ? 1242-yil 5-aprelda, Chud ko’lida
27. 1242-yil 5-aprelda, Chud ko’lida bo’lib o’tgan jang tarixga qanday nom bilan kirgan ? “Muz ustuda jang”

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling