Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar
Download 107.62 Kb.
|
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR
36 - PARAGRAF
1. Qachon O’qtoy qoon mo’g’ullarning qurultoyida Chingizxonning Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to’planadigan qo’shinga Botuxon yetakchilik qilishini e’lon qiladi ? 1235-yilda 2. 1235-yilda Botuxonga yordamga Chingizxonning qaysi sarkardasi beriladi ? Subutoy Bahodir 3. Botuxon va Subutoy bahodirlar qachon rus yerlariga bostirib kiradi va dastlab Ryazanni olishadi ? 1237-yilda 4. Vladimir, Suzdal, Kiyev, Galich, Volin shaharlari mo’g’ullar tomonidan nechanchi yillarda bosib olinadi ? 1238-1240-yillarda 5. Mo’g’ullar 1241-1242-yillarda qaysi davlatlarni bosib oladi ? Chexiya, Vengriya va Polshaning bir qismini 6. O’qtoy qachon vafot etadi ? 1243-yilda 7.1243-yilda O’qtoyning vafoti munosabati bilan Botuxon qayerga qaytadi ? Volgabo’yi dashtiga 8. Oltin O’rda nomini olgan Jo’ji ulusi qaysi hududlarda shakllangan ? Volgabo’yi, Shimoliy Qoradengiz sohillari, Shimoliy Kavkaz, Moldaviya 9. Botuxonning otasini ismi nima ? Jo’ji 10.Botuxonning hukm surgan davri ? 1236-1255-yillar 11.Oltin O’rda nomini olgan Jo’ji ulusiga kim asos soladi? Botuxon 12. Oltin O’rda nomini olgan Jo’ji ulusiga qachon asos solinadi? XIII asrning 40-yillarida 13.1236-1240-yillarda Botuxonning harbiy yurishlari natijasida Oltin O’rdaga qo’shib olingan hududlar qaysilar? Volga bulg’orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G’arbiy Sibir. 14.Oltin O’rdani kimlar boshqargan? Botuxon va uning avlodlari 15.Oltin O’rda xonligida ijro hokimiyatini kim boshqargan ? beklarbegi 16.Oltin O’rda xonligida devonni kim boshqargan ? vazir 17.Oltin O’rda xonligida mahalliy boshqaruv kimlarning qo’lida bo’lgan? Dorug’a va bosqoqlar 18.Qaysi rus knyazi Oltin O’rdadan boshqaruv yorlig’ini olib, knyazlarning ulug’i deb tan olinadi? Vladimir knyazi Yaroslav 19. Oltin O’rda xonligi tomonidan istilo qilingan hududlar qancha suvoriy saflay oladigan tumanlarga bo’lingan? O’n ming 20.Oltin O’rda xonligi XIV asrdan nechta viloyatga bo’lingan ? 4 ta 21. Oltin O’rda xonligida viloyatlar nima deyilgan? Ulus 22. Oltin O’rda xonligida uluslarni kimlar boshqargan? ulusbegi 23. Oltin O’rda xonligida qo’shinni kim boshqargan? Beklarbegi 24. Oltin O’rda xonligida qaysi beklarbegilar hatto xonlarni ham o’z hohishlariga qarab tayinlaganlar? No’g’ay, Mamay,Edigey 25. Oltin O’rda xonligida kimlar harbiy bo’lmagan barcha sohaga mutasaddi bo’lib, soliqlar, moliya, savdo ishlarini boshqargan? Vazir va uning yetakchilari 26. Oltin O’rda xonligida qaysi lavozim ko’chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba’zida xondan ham ko’proq mavqega ega bo’lgan? Beklarbegi 27. “Suyurg’ol” so’zining ma’nosi nima? Mo’g’ulcha “in’om, sovg’a” degani bo’lib, hukmdor tomonidan davlat oldida alohida xizmat ko’rsatgan yirik amaldorlar yoki sarkardalarga berilgan yer-mulk 28. Mo’g’ullar qanday maqsadda aholini ro’yhatga olish tadbirini o’tkazadi? O’nlik tizimga bo’lish maqsadida 29. Mo’g’ullar tomonida aholini ro’yhatga olish tadbiri janubiy knyazliklarda qachon boshlanadi? 1248-yilda 30. Mo’g’ullar tomonida aholini ro’yhatga olish tadbiri shimoliy knyazliklarga qachon yetib boradi? 1257-yilda 31. Mo’g’ullar tomonidan aholini ro’yhatga olish tadbiri yakunlangach aholi qanday nomdagi soliqqa tortiladi? “chiqim” 32. Mo’g’ullarda aholidan shoshilinch yig’iladigan soliq qaysi bo’lgan? “talab” 33. Mo’g’ullarda soliq va bojlarning to’lanishi kimlar tomonidan nazorat qilingan? Bosqoqlar 34. Mo’g’ullar bilan tinchlik siyosatini boshlab bergan rus knyazi kim? Yaroslav. O’g’li Aleksandr Nevskiy davom ettirgan 35. Qaysi Rus knyazi Oltin O’rdaga bir necha bor tashrif buyurib, Mo’g’ulistonda bo’lib, mahalliy amaldorlarning hurmat extiromiga sazovor bo’lgan? Aleksandr Nevskiy 36. Oltin O’rda xonligida tashqi siyosat masalalari bilan kimlar shug’ullangan? Xon, uning yaqin maslahatchilari, beklarbegi 37. Xulokuiylar davlati Oltin O’rda xonligi bilan qaysi hudud masalasida raqobat qilgan? Kavkazorti 38. 1266-yilda qaysi davlatlar o’rtasidagi jangda Berkaxon halok bo’ladi? Oltin O’rda xonligi va Xulokuiylar davlati 39. Xuloku ulusiga qarshi kurashda Oltin O’rda xonligi qaysi davlat bilan ittifoq tuzadi? Misr 40. Oltin O’rda xonligi lashkarlari Bolqon yarim oroli, Litva va Polshaga bosqinlar uyushtirishdan maqsadi nima edi? Qo’shni hududlarni talash, O’rdani boshqarayotgan zodagonlarni boyitish 41. Oltin O’rda xonligi nechanchi asrda o’z qudratining cho’qqisiga yetadi? XIV asrning birinchi yarmida 42. Oltin O’rda xonligini XIV asrning birinchi yarmida o’z qudratining cho’qqisiga yetishi kimlarning nomi bilan bog’liq? O’zbekxon va o’g’li Jonibek 43. O’zbekxon hukm surgan davr? 1312-1342-yillar 44. Jonibek hukm surgan davr? 1342-1357-yillar 45. O’zbekxon nechanchi yilda islom dinini davlat dini deb e’lon qildi? 1314-yilda 46. Oltin O’rda xonligining qaysi shahrida turli diniy ibodatxonalar qurilgan edi? Poytaxt Saroy shahrida 47. Qaysi mo’g’ul hukmdori barcha diniy e’tiqodlarga birday munosabatda bo’lishni vasiyat qilgan? Chingizxon 48. Kimlarning hukmronligi davrida Oltin O’rda xonligi shaharlari rivojlanib, iqtisodiy va madaniy hayot markaziga aylanadi? O’zbekxon va Jonibek 49. XIV asrning oxirida kim Oltin O’rda xonligini yana o’n besh yilga birlashtiradi? To’xtamish 50. A.Temur Jo’ji ulusiga qarshi necha marta yurish qiladi? Uch marta 51. Oltin O’rda xonligi nechanchi asrdan qator xonliklarga bo’linib ketadi? XV asrning birinchi yarmidan 52. Oltin O’rda xonligidan mustaqil bo’lib ajralib chiqqan eng yirik xonliklar qaysilar? Qirim, Qozon, Sibir, Qozoq va No’g’ay o’rdasi Download 107.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling