Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet33/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

40 – PARAGRAF

  1. Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg’on qabilalarining hujumlari va joylashuvi nechanchi asrlarda kuchayadi? XI-XII asrlarda

  2. Dehli sultonligiga qachon asos solingan? 1206-yilda

  3. Dehli sultonligining asoschisi kim bo’lgan? Qutbiddin Oyboq

  4. Dehli sultonligining poytaxti qaysi shahar bo’lgan? Dehli

  5. Dehli sultonligi nechanchi yillarda faoliyat yuritgan? 1206-1526-yillarda

  6. 1211-yilda Qutbiddin Oyboqning vafotidan so’ng taxtga kim o’tiradi? Shamsiddin Eltutmish

  7. Shamsiddin Eltutmish hukm surgan yillar? 1211-1236-yillar

  8. Shamsiddin Eltutmiz boshqaruvi davrida qaysi hududlar bo’ysundiriladi? Panjob, Sind, Bengaliya

  9. Dehli sultonligida dehqonlar davlatga hosilning qancha qism miqdorida soliq to’lashgan? 1/5. XIII asrning oxiridan 1/4

  10. Dehli sultonligida yer egaligining asosiy turi qaysi bo’lgan? Iqto’

  11. Shamsiddin Eltutmish qaysi shahar atrofidagi qishloqlarni shaxsiy gvardiyasining 2000 suvoriysiga iqto’ga bo’lib bergan? Dehli

  12. Dehli sultonligida mavjud bo’lgan yer egaligi shakllari qaysilar? Iqto’, xolisa, vaqf

  13. Dehli sultonligida qaysi yer shakli davlat ixtiyorida bo’lib, undan olinadigan soliqlar davlat harajatlari va maxsus qo’shinni ta’minlash uchun ishlatilgan? Xolisa

  14. Dehli sultonligida Eltutmishdan so’ng taxtga kim keladi? Alouddin Hiljiy

  15. Alouddin Hiljiyning o’g’li Muhammad Tug’luq nechanchi yilda taxtni egallaydi? 1325-yilda

  16. Dehli sultonligida qaysi hukmdor o’zini “Iskandar Zulqarnaynning davomchisi” deb e’lon qilgan? Muhammad Tug’luq

  17. Muhammad Tug’luq davrida Dehli sultonligida qatoriga necha yil qurg’oqchilik bo’ladi? 7 yil

  18. Muhammad Tug’luq Dehli sultonligi poytaxtini qaysi shaharga ko’chiradi? Dehlidan Davlatobod (Devagiri)ga

  19. Dehli sultonligida Muhammad Tug’luqdan so’ng taxtga kim o’tiradi? Feruzshoh Tug’luq

  20. Dehli sultonligida Feruzshoh Tug’luqdan so’ng taxtga kim o’tiradi? Mahmud

  21. A. Temur qo’shiniga qarshi 1398-1399-yillarda kurashgan Dehli sultoni kim? Mahmud

  22. Dehli sultonligida Sayyidlar sulolasi hukm surgan davr? 1414-1451-yillar

  23. Dehli sultonligida Sayyidlar sulolasini kim taxtdan ag’daradi? 1451-yilda afg’on qabilasi sardori Bahlul Lodiy

  24. Bahlul Lodiy hukm surgan yillar? 1451-1489-yillar

  25. Z.M.Boburga qarshi kurashgan Bahlul Lodiyning nabirasi kim? Ibrohim Lodiy


Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling