Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet29/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

35 - PARAGRAF
1. Mo’g’ul qabilalari qadimdan qaysi hududlarda yashagan ? Janubiy Sibir, Manjuriya va Mo’g’uliston
2. Dastlab mo’g’ullarning asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ? Chorvachilik. O’rmonda yashaganlari ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan
3. XI-XII asrlarda mo’g’ullar qanday tuzumda yashagan ? Urug’chilik tuzumida
4. O’rta asrlarda qaysi qabilalarda xun olish, ajdodlar ruhiga sig’inish, shomonlik e’tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan ? Mo’g’ullarda
5. Qaysi din ibtidoiy diniy e’tiqod shakllaridan biri bo’lib, yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta’sir ko’rsatishiga ishonish hisoblanadi ? Shomonlik
6. Mo’g’ullarda mulkiy tabaqallanish qachondan kuchayadi ? XII asrning ikkinchi yarmidan
7. Mo’g’ullarda alohida ko’chmanchi xo’jalik nima deyilgan ? Ayl
8. XII asrning ikkinch yrimidan shakllana boshlagan mo’g’ul zodagonlari kimlar deyilgan ? No’yonlar, bahodirlar , botirlar
9. Mo'g'ullarda harbiy qabila ittifoqlarini kimlar boshqargan ? Xonlar
10. Mo’g’ul qabila ittifoqlari harbiy demokratiya bosqichidagi an’anaga binoan qurultoy o’tkazib, qurultoyda qanday masalalar hal etilgan ? Urush, sulh, ittifoq tuzish, xonni saylash
11. Temuchin yashagan yillar ? 1155-1227-yillar
12. Temuchin qachon xon deb e’lon qilinadi ? 1206-yilda
13. Temuchin qayerda xon deb e’lon qilinadi ? Onon daryosi bo’yida
14. Temuchinga kim “chingizxon” unvonini beradi ? Bosh shomon
15. “Chingizxon” so’zining ma’nosi nima ? “Kuchli”, “qudratli”, “toza”
16. Chingizxon qaysi qal’ani o’z davlatining poytaxtiga aylantiradi ? Qoraqurum
17. Mo’g’ullar davlatida qo’shin kimlar tomonidan boshqarilgan ? Yuzboshi , mingboshi , tumanboshi
18. Mo’g’ul haribiy zodagonlarini kimlar tashkil etgan ? Bahodir , botir, mergan , sechan, no’yon
19. Mo’g’ullar janubiy Sibirda yashagan qaysi xalqlarni bo’ysundiradi ? Buryatlar, yoqutlar, qirg’izlar
20. Dastlab mo’g’ullar qanday uylarda yashagan ? Ko’chma uy o’tovlarda
21. Dastlab mo’g’ullarda o’g’il bolalarga yoshligidan nima o’rgatilgan ? Gulhan tutunidan va janglar olovidan nafas olish, janglarni kuzatish, ot va qurol bilan muomala qilish
22. Mo’g’ularning sevimli quroli nima bo’lgan ? Kamon
23. Har bir mo’g’ul ko’chmanchining kundalik hayotida ham , jang paytida nimasi bo’lishi lozim edi ? Arqoni
24. Daslab mo’g’ul ko’chmanchilari qo’shini necha qismga bo’linib jangga kirgan ? Uch qismga. Bular: markaz va ikki qanot
25. Chingizxon qo’shinida maxsus gvardiya nima deyilgan ? “Keshik”
26. O’rta asrlarda qaysi davlatda xon huzuriga kirishni istagan kishilar, o’zlarigina emas, ularning sovg’a-salomlariham turli duo va yovuzliklardan tozalanishi lozim bo’lgan ? Mo’g’ullar davlatida
27. Mo’g’ullarda qanday unsur ularning o’zlarini va hukmdorlarni asrovchi omillarni mujassamlashtirgan qudratli kuch hisoblangan ? Olov
28. Mo’g’ullar qaysi dinga e’tiqod qilishgan ? Shomonlik
29. Chingizxon 1211-yilda qayerga yurish boshlaydi ? Shimoliy Xitoyga
30. Chingizxon Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi bosqinini qachon boshlaydi ? 1218-yilda
31. Chingizxon Xorazmshohlar davlatini nechanchi yillarda bosib oladi ? 1219-1221-yillarda
32. Chingizxon Afg’oniston, Sharqiy Eronni egallab, Kavkaz orqali 1223-yilda qayerga chiqadi ? Dashti Qipchoqqa
33. Mo’g’ullar qachon va qayerda qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo’shinini mag’lub etadi ? 1223-yil Kalka daryosi bo’yida
34. Chingizxon qachon zabt etgan hududlarni o’z o’g’illari Jo’ji, Chig’atoy, O’qtoy va Tuluga taqsimlab beradi ? 1224-yilda
35. Chingizxon qaysi o’g’lini taxt vorisi etib tayinlaydi ? O’qtoyni

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling