Vii sinf jahon tarixidan savol-javoblar


Download 107.62 Kb.
bet23/35
Sana14.02.2023
Hajmi107.62 Kb.
#1196440
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
363fe8d03d0a6669c5b04c5e5e37a064 VII SINF JAHON TARIXIDAN SAVOL-JAVOBLAR

28 – PARAGRAF
1. Yevropada aniq vaqt haqidagi tushuncha qaysi davrdan tarqala boshlanadi ? O’rta asrlarning so’nggidan
2. O’rta asrlarda odamlar necha yoshdan keksa hisoblangan ? 40 yoshdan
3. Marko Polo sayohati nechanchi yillarda bo’lib o’tgan ? 1271-1295-yillarda
4. O’rta asr maktablarining asosi nima deb atalgan ? “Yetti erkin san’at”
5. O’rta asr Yevropa boshlang’ich maktablarida qaysi fanlar o’qitilgan ? Grammatika, falsafa, ritorika
6. O’rta asr Yevropa maktablarining yuqori bosqichida qaysi fanlar o’qitilgan ? Arifmetika, matematika, musiqa, geometriya, astronomiya
7. G’arbiy Yevropa madaniyati nechanchi asrlardan yuksala boshlaydi ? XII-XIII asrlardan
8. G’arbiy Yevropada dastlabki yirik maktablar – uni.verstitetlar nechanchi asrdan ochiladi ? XII asrdan
9. Ilk universtitetlar Yevropning qaysi shaharlarida ochilgan ? XII asrda Boloniya va Parij
10. Parijda ochilgan ilk universtitetning asoschisi kim ? Qirol honadoni ruhoniysi Rober de Sarbon
11. O’rta asrlarda Yevropada qanday universtitetlar to’la mustaqil bo’lgan ? Qiroldan maxsus yoqliq olgan universtitetlar
12. Nechanchi asrlarga kelib Yevropaning deyarli barcha davlatlari o’z universtitetlariga ega bo’lishadi ? XIII-XV asrlarga kelib
13. Angliyaning eng keksa universtitetlari qaysilar bo’lgan ? Oksford va Kembridj
14. Manbalarda aytilishicha qaysi universtitetga Fransiyadan kelgan to’rtta o’qituvchi tomonidan oddiy bostirmada asos solingan ? Kembridj
15. Boloniya universtiteti qaysi davlatda tashkil qilingan ? Italiyada
16. Neapol universtiteti qayerda tashkil topgan ? Italiyada
17. Neapol universtitetiga kim asos solgan ? Germaniya imperatori Fridrix II
18. O’rta asrlarda Ispaniyadagi eng e'tiborli universtitet qaysi bo’lgan ? Salamanka
19. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universtitet qaysi bo’lgan ? Chexiyadagi Praga universtiteti
20. Chexiyadagi Praga universtiteti qachon ochilgan ? 1348-yilda
21. Avstriyadagi Vena uniersiteti qachon ochilgan ? 1365-yilda
22. Germaniyada o’rta asrlarda qaysi universtitetlar ochiladi ? Geydelberg, Kyoln, Erfurtdagi universtitetlari
23. Polshaning birinchi universtiteti qaysi va qachon ochilgan ? Krakovdagi universtitet 1364-yilda ochilgan
24. “Universtitet” so’zining ma’nosi nima ? Lotincha, majmua, umumiylik
25. Fanning turli yo’nalishlarida mutaxasislar tayyorlovchi oliy o’quv yurti nima deyiladi ? Universtitet
26. XII-XIII asrlarda Italiyada tashkil etilgan universtitetlar qaysilar ? Neapol ,Baloniya
27. XII-XIII asrlarda Ispaniyada tashkil etilgan universtitetlar qaysilar ? Seviliya, Valensiya
28. XII-XIII asrlarda Fransiyada tashkil etilgan universtitetlar qaysilar ? Parij, Tuluza
29. XII-XIII asrlarda Angliyada tashkil etilgan universtitetlar qaysilar ? Oksford, Kembridj
30. Universtitet bu – o’qituvchi va o’quvchilar jamiyatidir
31. O’rta asrlarda universtitetlarni kimlar boshqargan ? Magistlar
32. O’rta asrlarda universtitetlar va hukmdorlar o’rtasida mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo’lsa, qanday yo’l tutilgan ? Magistr va shkolyarlar boshqa joyga ketardilar
33. O’rta asrlarda shkolyarlar kimlar ? Talabalar
34. O’rta asrlarda Yevropaning qaysi shahrida 30 minggacha shkolyarlar to’plangan ? Parij
35. O’rta asrlarda kollegiyalar qanday joy hisoblangan ? Talabalar yotoqxonasi
36. Eng qadimgi Parij kollegiyasi qaysi ? Sarbon
37. Parijdagi qaysi kollegiya nomi keyinchalik butun universtitet nomiga aylanadi ? Sarbon
38. O’rta asrlarda Yevropaning qaysi davlatlaridagi kollegiyalar yangi o’quv muassasalari – kollejlarga asos bo’ladi ? Angliya va Fransiya
39. O’rta asrlarda universtitetlarda o’qitish fakultetlarda olib borilib , ularni kim boshqargan ? Dekan
40. O’rta asrlarda Yevropa universtitetlarida hamjamiyat tepasida kim turgan ? Rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler
41. O’rta asrlarda Parij universtitetida nechta fakultet bo’lgan ? To’rtta. Bular : Quyi tayyorlov fakulteti va uchtasi oliy fakultet
42. O’rta asrda Yevropa universtitetlarining quyi fakultetlarida qaysi fan o’qitilgan ? Yetti erkin san’at
43 San’at so’zi lotinchada nima deyiladi ? “Artes”
44. O’rta asr Yevropa universtitetlarida san’at fakultetlari nima deyilgan ? Arteslik
45. O’rta asr Yevropa universtitetlarida birinchi ilmiy daraja qaysi bo’lgan ? Bakalavr
46. O’rta asr Yevropa universtitetlarida Artistlik fakultetini bitirgan bakalavr nisbatan murakkab bo’lgan qaysi unvonga imtihon topshirishi mumkin bo’lgan ? Erkin san’atlar magistri
47. O’rta asrlarda Parij universtitetining uch oliy fakulteti qaysilar ? Ilohiyot, huquqshunoslik , tibbiyot
48. O’rta asrlarda Parij universtitetida kimlar uch oliy fakultetlarda o’qishi mumkin edi ? Faqat magistlar
49. O’rta asrlarda Yevropa ilm dunyosida kimlar eng e’tiborli kishilar sanalgan ? Ilohiyot, tibbiyot yoki huquqshunoslik doktorlari
50. Pergament nima ? maxsus ishlov berilgan buzoq terisi
51. Ilk o’rta asrlarda kitoblar varoqlari nimadan tayyorlangan ? Pergamentdan
52. Yevropada XII asrgacha kitoblarni kimlar tayyorlashgan ? Rohiblar
53. Yevropada XII asrdan keyin kitoblarni kimlar tayyorlashgan ? Shaharlarda ochilgan maxsus ustaxonalarda hunarmandlar
54. Yevropada kitob tayyorlashda qog’ozdan keng foydalanish qachondan boshlanadi ? XIV asrdan
55. Dastlab qog’oz Yevropaga qayerdan keltirilgan ? Samarqanddan va boshqa musulmon shahahrlardan
56. Yevropada dastlabki qog’oz ishlab chiqarish ustaxonasi qachon va qayerda quriladi ? XII asrda Ispaniyada
57. Italiyada qog’oz ishlab chiqarish qachondan keng tarqaladi ? XIV asrdan
58. Yevropada dastlab qog’ozni nimadan tayyorlashgan ? Eski lattalardan
59. Yevropada kim birinchi bo’lib kitob bosish dastgohini yaratadi ? 1445-yilda Nemis injeneri Iogann Gutenberg
60. Oksford universtiteti professori Rojer Bekon nechanchi asrda yashagan ? XIII asrda
61. Kim fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo’li bilan erishish mumkinligini isbotlagan ? Rojer Bekon
62. Rojer Bekon qaysi fanlarga doir tajribalar o’tkazgan ? Optika, fizika, kimyo
63. XIII asrda yshagan Oksford universtitetining qaysi professori o’zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparat qurish mumkinligini aytgan ? Rojer Bekon
64. “Har qanday bilim o’z maqsadi bo’yicha xudoni anglashga yo’llangan bo’lmasa, gunoh” deya takidlagan o’rta asrlar tashkiloti qaysi ? Xristian cherkovi
65. O’rta asrlarda yuksak rivojlangan fanlar qaysilar ? Astrologiya, alximiya
66. O’rta asrlarda qaysi fan vakillari har qanday ma’danni oltinga aylantiruvchi sehrli toshni izlashgan ? Alximiklar

Download 107.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling