Viii sinf jaxon tarixi kirish


Yangi 2014-yil darsligidan


Download 128.44 Kb.
bet21/43
Sana08.01.2022
Hajmi128.44 Kb.
#252161
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
8 jahon tarixi tarixi savol javob

Yangi 2014-yil darsligidan

  1. 1791-1795-yillarda Polsha qirolligi bilan Buyuk Litva knyazligining ittifoqi asosida tashkil topgan davlat qaysi? Rech Pospolita

19 - PARAGRAF


  1. XVI asrda Hindistonda qanday jarayon hukm surgan ? Siyosiy tarqoqlik

  2. Bobur Hindistonga harbiy yurish qilganda u yerda qaysi sulola hukmronlik qilar edi ? Lodiylar sulolasi

  3. Lodiylar qaysi qabiladan chiqqan ? Afg’on

  4. Bobur va Ibrohim Lodiy o’rtasidagi jang qaysi ? Panipat janggi

  5. Panipat janggi qachon bo’lgan ? 1526-yil 21-aprelda

  6. Qachon Dehlida Bobur nomiga hutba o’qitilib u boburiylar imperiyasiga asos soladi ? 1526-yil 27-aprelda

  7. Hindistonda boburiylar sulolasi necha yil hukm surgan ? 332 yil

  8. Bobur Hindistonda o’zi bilan qolgan qo’shinga tarqatgan yer-mulk nima deyilgan ? Jogir

  9. Hindistonda jogir yerlarida xo’jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish kimlarga topshirilgan? Urf-odatlarni yaxshi bilgan mahalliy hindlarga

  10. Bobur imperiya taxtida necha yil o’tiradi ? 3 yil

  11. 1530-yilda Bobur o’limidan oldin taxtni kimga topshiradi ? o’g’li Humoyunga

  12. Humoyun imperiya sarhadlarini kengaytirishga intilib , bu yo’lda uning asosiy raqibi qaysi qabila bo’lgan ? Bihor va Bengaliyada yashagan afg’on qabilasi

  13. Humoyun va Sherhon Sur o’rtasidagi kurashda Humoyun yengilib qayerga qochib ketadi ? Eronga

  14. Sherxon Sur qachon Hindiston taxtini egallab o’zini shohi deb e’lon qiladi ? 1540-yilda

  15. Humoyun taxtdan ajralgan paytlarda kimlardan iborat qo’shin tuzadi ? turk, fors, turkman, o’zbek

  16. Humoyun Hindiston taxtini qachon qayta egallaydi ? 1555-yilda

  17. 1556-yilda Hindiston taxtiga kim o’tiradi ? Humoyunning o’g’li Akbarshoh

  18. Akbarshoh qanday unvonga sazovor bo’lgan ? “Buyuk Akbar”

  19. “Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir” deb kim aytagan ? Hind tarixchisi Ishvari Prasad

  20. Akbarshohning asosiy raqibi qaysi qabila bo’lgan ? Afg’on qabilasi

  21. Akbarshoh nechanchi yilda afg’on qabilasi qo’shinini tor-mor etadi ? 1556-yilda

  22. Akbarshoh afg’onlarning Sur sulolasini nechanchi yilda butunlay yanchib tashlaydi ? 1559-yilda

  23. Hindistonda boburiylardan kimni hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri bo’lgan ? Akbarshoh

  24. Akbarshoh qaysi ilmlarni yaxshi bilgan ? falsafa, din, adabiyot, tarix

  25. Hindistonda qaysi hukmdor musulmon bo’lmaganlardan undiriladigan jiz’ya solig’ini bekor qiladi ? Akbarshoh

  26. Qaysi boburiy hukmdor hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etadi ? Akbarshoh

  27. Boburiylardan kimni davrida Hindistonda yagona savdo solig’i joriy etiladi ? Akbarshoh

  28. Hindistonda boburiylardan kimni davrida ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undiriladi ? Akbarshoh

  29. Hindistonda boburiylardan kimni davrida davlat idoralaridagi lavozimlar din va mazhabidan qat’iy nazar shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan ? Akbarshoh

  30. Hindistonda boburiylardan kim barcha fuqarolarga din erkinligini bergan ? Akbarshoh

  31. Akbarshoh Hindistonda qanday nomga sazovor bo’lgan ? “Milliy podshoh”, “Xalq hukmdori”

  32. Akbarshoh qachon vafot etadi ? 1605-yilda

  33. Akbarshoh nabirasi Shoh Jahon hukm surgan yillar ? 1627-1658-yillarda

  34. Shoh Jahon o’g’li Avrangzeb Dehlini qachon egallaydi ? 1658-yilda

  35. Avrangzeb nechanchi yillarda hukm surgan ? 1658-1707-yillarda

  36. Hindistonda boburiylardan kimning hukmronligi davrida imperiya inqirozi uchun zamin yaratiladi ? Avrangzeb

  37. Boburiylardan qaysi hukmdor Hindistonda o’zini islom dinini himoya qilish va uni yoyilishi ko’lamini kengaytirish uchun taxtga chiqqan hukmdor deb hisoblagan ? Avrangzeb

  38. Avrangzeb qachondan hindlarni jiz’ya solig’ini qaytadan to’lashga majbur etadi ? 1679-yildan

  39. Qaysi boburiy hukmdor davrida hindlarning ziyoratgohlariga boruvchilardan soliq olinadigan bo’lib, hind savdogarlariga tovarning 5 % miqdorida soliq joriy etiladi ? Avrangzeb

  40. Qaysi boburiy hukmdor davrida soliq yig’uvchi idoralardagi mansabdor hindlar lavozimlaridan bo’shatila boshlanadi ? Avrangzeb

  41. Buyuk Britaniya nechanchi yilda Bengaliyani bosib oladi ? 1757-yilda

  42. Hindistonda boburiylar davrida harbiy hizmat evaziga in’om etilgan yer nima deyilgan ? Jogir

  43. Hindistonda boburiylar davrida davlat yerlari nima deyilgan ? Xolisa


Download 128.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling