Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja


Download 52.99 Kb.
bet4/8
Sana12.11.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1768281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

18-модда. Ўзбекистон Рес-публикасида барча фуқаролар бир хил хуқуқ ва эркинликларга эга бўлиб, жинси, ирқи, миллати, тили, дини, ижтимоий келиб чиқиши, эътиқоди, шахси ва ижтимоий мавқеидан қатъи назар, қонун олдида тенгдирлар.


31-модда. Хамма учун виждон эркинлиги кафолатланади. Ҳар бир инсон хойлаган динга эътиєод қилиш ёки хеч қайси динга эътиқод қилмаслик хуқуқига эга. Диний қарашларни мажбуран сингдиришга йўл қўйилмайди.

Asosiy qonunimiz O‘zbekiston fuqarosini millati, irqi, jinsi va dinidan qat’i nazar, teng huquqli deb biladi, shuningdek, o‘z e’tiqodini erkin namoyon etish, ibodat qilish, urf-odat va milliy an’analarini davom ettirish va ularni hurmat qilishni kafolatlaydi. Konstitutsiyada belgilangan ushbu qoidalar 1998 yilda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘rsida»gi (yangi tahrir) Qonunda yana kengroq ifodasini topdi.


Ushbu qonuniy hujjatlarda belgilangan qoidalar dunyoviy demokratik davlatning dinga munosabatini aks ettiradi. Zero O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin barpo etilgan milliy davlat – bu dunyoviy xarakterdagi davlatdir. Buning ma’nosi shuki, davlat din ishlariga, din esa davlat ishlariga aralashmaydi. CHunki “davlat”, “hokimiyat”, “siyosat” tushunchalari asl mohiyati bilan dunyoviy hodisadir. Hukmronlik, boshqarish ham kundalik jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan sekulyar1 xarakterga ega faoliyatdir. Davlat dunyoviy tafakkurga asoslansagina, u xalq ehtiyojiga mos keladi, demokratik xarakter kasb etadi va jamiyatni uyushtiruvchi milliy taraqqiyotga rahbarlik etuvchi faol organga aylana oladi. SHu munosabat bilan, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 7 va 12 - moddalariga yana bir bor e’tiborga qaratishga zarurat tug‘iladi.
Uning 7-moddasida ta’kidlanishicha, «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir». Bu qoida, birinchidan, hokimiyatning xalq tomonidan saylanishi, xalq vakillari boshqarishi (biror bir podsho yoki sulola emas), hokimiyatning xalqqa tayanishi va hisob berishini anglatsa, ikkinchidan, hokimiyat, hukm allaqanday osmondan tushadigan, u tanlab olingan, kimgadir abadiy tuhfa qilingan narsa emas, balki halqning irodasidan hosil bo‘ladigan va shu irodani ifodalaydigan narsa ekanini ham anglatadi. Demak, hukm xalqning o‘ziniki, undan tashqarida emas. Bu – demokratiya tamoyillariga asoslangan dunyoviy davlatning asosiy qoidasi, O‘zbekiston davlati bu qoidaga og‘ishmay amal qilmoqda.
12-moddada o‘qiymiz: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas».
Bu ham dunyoviy davlat tabiatidan kelib chiqadigan talab. CHunki biror bir mafkura, u xoh siyosiy bo‘lsin, xoh diniy bo‘lsin, davlat mafkurasiga aylansa, demokratiya bo‘g‘iladi, totalitarizm g‘alaba qiladi. Dindagi sakral tafakkur1 davlat ishlari, jumladan, hokimiyatni boshqarishda ilohiylikka tayanadi va shu bois ham jamiyatda xilma-xil qarashlar bo‘lishini, faol amaliyotning yo‘lini to‘sadi. Sakral tafakkur hokimiyatni ilohiylashtiradi. Dunyoviy demokratik davlatda esa bunga yo‘l qo‘yilmaydi.


Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling