Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja


Download 52.99 Kb.
bet6/8
Sana12.11.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1768281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

61-модда. Диний ташкилотлар ва бирлашмалар давлатдан ажратилган хамда єонун олдида тенгдирлар. Давлат диний бирлашмаларнинг фаолиятига аралашмайди.

Mazkur moddada «davlat o‘z ishini qilsin, din o‘z ishini» (I.Karimov) qoidasi mujassam etilgan. Agar davlat diniy arboblar yoki diniy tashkilotlarga biror bir vazifa yuklab, uni bajarishni talab qilganda edi, u holda u din ishlariga aralashgan bo‘lardi. Ammo davlat diniy tashkilotlarning o‘z mablag‘ini, mulkini himoya qilish, ularning ibodatxonalarini (masjid, cherkov, senagog) qo‘riqlash, ibodatlarni ado etish, tartib-intizomni saqlashda diniy tashkilotlarga qonun asosida ko‘maklashadi. Ayni vaqtda, dindorlar va ular jamoalarining qonunga zid faoliyati taqiqlanadi, shuningdek, dinga zo‘rlab da’vat qilish, o‘zini ulug‘lab, boshqalarni kamsitish, tahqirlash, boshqa din vakillariga zulm o‘tkazish man qilinadi. Bunday hollarda davlat ushbu jarayonga aralashishga majburdir, zero u barcha fuqarolar hayotining osoyishtaligi, har bir inson huquqini himoya qilishi shart. Davlat, shuningdek, targ‘ibot-tashviqot ishlariga mablag‘ ajratmaydi. Aslini olganda, diniy targ‘ibot ham, ateistik targ‘ibot ham haddan oshsa, nojoiz harakatdir. Davlat, shu bilan birga, voyaga etmagan bolalarning ota-onalari va vasiylari ixtiyorisiz diniy ta’limga jalb etishni man etadiki, bu ham to‘g‘ri yo‘ldir. Zero, din nafaqat qalb, balki fikr bilan qabul qilinadigan ta’limot. Kishilarni muayyan yoshga etib, savodi chiqqandan keyin ma’rifiy ma’noda diniy ta’limotdan xabardor etish o‘rinli va foydalidir.


SHunda ham u ixtiyoriy bo‘lishi joiz. Zo‘rlab diniy ta’lim berishga urinishlar fojeali oqibatlarga olib keladi. Umuman, diniy adabiyotlarni mutolaa qilish ham har bir kishining ixtiyoriy ishi, buni zo‘rlab amalga oshirish qonunga ham zid, hayot haqiqatiga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Islom Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli fundamental tadqiqotida, jumladan, bunday deyiladi:
«Hozirgi kunda Respublikada 16 diniy konfessiya uyushmalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bir qismi O‘zbekiston uchun noan’anaviydir. Davlat ular bilan o‘zaro munosbatda, o‘z dunyoviy xususiyatini hisobga olgan holda, quyidagi tamoyillarga amal qilmoqda:
-dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
-diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
-diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
-ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;
-dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish»1.
SHu bois O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi to‘liq amal qilmoqda, kishilarning diniy tuyg‘ulari hurmat qilinib, diniy tashkilotlar faoliyatiga shart-sharoit yaratib berishdan tashqari ularni ta’qib etish, marosimlarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qolaversa, bu qonuniy kafolatlar fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasiga muvofiq keladi. Bu moddada har bir insonning erkin fikrlash, vijdon va din erkinligiga bo‘lgan huquqini mustahkamlab qo‘yishdan tashqari, yana bunday deyiladi: «Din yoki e’tiqodga sig‘inish erkiga faqat qonun bilan belgilangan va jamoat xavfsizligini, tartibini, salomatligi va axloqini saqlash uchun, shuningdek, boshqa shaxslarning asosiy huquqlari va erkini muhofaza etish uchun zarur bo‘lgan cheklashlar bilangina daxl qilish mumkin»2.
Ma’lum bo‘ladiki, O‘zbekistonda davlat va din ¢rtasidagi munosabatlar xalqaro tamoyillar va inson huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiya talablariga to‘liq mos keladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar ham bunga dalildir.
SHuni ham ta’kidlash kerakki, fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, teng huquqligini hamma erda: ishga qabul qilish, o‘qishga kirish, imtiyozlardan foydalanishida to‘liq rioya qilinadi, biror bir rasmiy hujjatda fuqaroning dinga munosabatini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hech kimning huquqi dinga munosabatiga qarab cheklanmaydi. Bu qoida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi (yangi tahrir) Qonunning 4-moddasida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekistonda bir necha ming masjid, cherkov va boshqa diniy ibodatgohlar faoliyat yuritmoqda. Har yili bir necha ming kishi muqaddas shaharlar - Makka va Madinaga haj safariga borib qaytmoqda. Bu safarlarni tashkil etish, hojilarning haj amalini ado etib eson-omon vataniga qaytishini ta’minlash davlat zimmasidadir.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitlari keng miqyosda muntazam nishonlanib kelmoqda. Davlat qo‘magi bilan qadimiy obidalar, qadamjolar obod qilinib, ziyoratgoh joylarga aylantirildi.
Bularning hammasi dindan oqilona foydalanish, ma’rifiy-madaniy ishlarda diniy qadriyatlarni istifoda etish, din falsafasini chuqur o‘rganib, ezgu xulq, ezgu so‘z va ezgu amal uchun intilish, yosh avlodga islom dini va uning negizida shakllangan ma’naviyatni shu tarzda o‘zlashtirishni o‘rgatish zarurligini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq beshinchi sessiyasida (1998) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar t¢g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qildi. SHu nomda qabul qilingan avvalgi qonun (1991 va 1993 y.) Konstitutsiya mazmunini t¢liq aks ettirolmas, respublika hayotidagi o‘zgarishlardan orqada qolgan edi. Bundan tashqari, diniy tashkilotlarning faoliyatini qonunga muvofiqlashtirish, davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga keltirish zarurati ham paydo bo‘lgandi. SHu mulohazalarga ko‘ra, qonunning yangi tahriri ancha to‘ldirildi, kengaydi va uning moddalari batafsil va tushunarli qilib bayon etildi.
YAngi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun 23 moddadan iborat bo‘lib, ularda vijdon erkinligi huquqi, dinga munosabat va fuqarolik huquqlarining tengligi, davlatning dindan ajratilgani, davlat organlarining va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining diniy tashkilotlar bilan munosabati, din va ta’lim, diniy tashkilotlarning ta’rifi va huquqlari, diniy o‘quv yurtlari, diniy tashkilotlarni ruyxatga olish tartibi, diniy urf-odat va marosimlar, diniy tashkilotlarning mulki, davlat mol-mulkidan foydalanish yo‘llari, nashr ishlari va diniy adabiyotlarni tarqatish, diniy missionerlik, murtadlik (prozelitizm) kabi masalalarga munosabat o‘z ifodasini topgan. Ushbu moddalar faqat davlatning dinga munosabatini anglatmaydi, balki jamiyatning dinga munosabatini ham ifodalaydi. Zero qonun diniy tashkilotlarning erkin faoliyat yuritishi barobarida, ayrim noqonuniy guruhlar, chunonchi, jamiyat osoyishtaligiga xavf soladigan, mamlakatimiz milliy manfaatlariga zid keladigan xatti-harakatlarni cheklashni ham nazarda tutadi. Ushbu qonunga ko‘ra, konstitutsiviy tuzumni ag‘darishga chog‘langan hamda jamiyat tinchligini xavf ostida qoldirishga intiluvchi yashirin diniy tashkilotlar man etiladi, “dindan davlatga va Konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlar aro adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, buxton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi”.
SHu kabi terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan diniy harakatlar va jamoalar faoliyati taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan:


Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling