Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar Reja


Download 52.99 Kb.
bet7/8
Sana12.11.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1768281
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

57-модда. Конституциявий тузумни зўрлик билан ўзгартиришни мақсад қилиб қўювчи, республиканинг суверентитети, яхлитлиги ва хавфсизлигига, фуқароларнинг Конституциявий хуқуқ ва эркинликларига қарши чиқувчи, урушни, ижтимоий, миллий, ирқий ва диний адоватни тарғиб қилувчи, шунингдек, ҳарбийлаштирилган бирлашмаларнинг, миллий ва диний руҳдаги сиёсий партияларнинг ҳамда жамоат бирлашмаларининг тузилиши ва фаолияти тақиқланади.
Махфий жамиятлар ва уюшмалар тузилиши тақиқланади.

Dinga bo‘lgan munosabatlardagi muhim jihatlardan biri missionerlik va prozelitizmdir. Missionerlik (da’vatchilik) “qayta qurish” yillari va o‘tgan asrning 90-yillari boshida avj olgan edi. Bir tomondan, xorijiy SHarq mamlakatlaridan kelgan islom da’vatchilari faoliyati, vahhobiylik oqimi tarafdorlari faollashgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, boshqa dinlarning da’vatchilari ham mahalliy aholining turli qatlamlari orasida tashviqot ishlarini kuchaytirgan edi. Bu tashviqotchi – da’vatchilarning har biri o‘z dinini maqtab, o‘zga dinni haq din emas, deyish orqali tarafdor qidiradi. Ikkinchidan, xorijdan kelgan musulmon da’vatchilari bizning an’anaviy dindorlik rasm-rusumlar, milliy odatlarni nazar-pisand qilmasdan, o‘zlarida shakllangan odatlar, mazhablarni o‘rnatishga intilardi. Ular nazarida, Markaziy Osiyoda sh¢ro zamonida yoppasiga hamma “dahriy”, “kofir” bo‘lib ketgan emish. Xolbuki, xalq o‘sha dahriylik mafkurasi hukm surgan sharoitda ham o‘z imon-e’tiqodini saqlab qolgan, ajdodlari an’analarini saqlab kelmoqda edi. SHu bois bunday “da’vatchilik” harakati aholining haqli noroziligiga uchradi.


SHularni hisobga olgan holda zikr etilgan qonunning 5-moddasida bunday deb yoziladi: “Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi” .
Davlat tizimida ishlaydigan har bir xodim, ayniqsa rahbarlik lavozimini egallagan shaxslar diniy tashkilotlar bilan muomala qilganda, munosabatga kirishganda albatta Konstitutsiyada belgilangan vijdon erkinligiga oid moddalar hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar t¢g‘risida”gi Qonunni puxta bilishi shart.
Zero qonunda belgilanganidek: “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududlarda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi uchun qonun bo‘yicha javobgardirlar”.
Buning ma’nosi shuki, mahalliy rahbarlar vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonunlarning amaliy joriylashtirishni ta’minlashdan tashqari, bu qonunga ko‘ra xilof xatti-harakatlarning ham oldini olishga mas’uldirlar. Mahalliy rahbarlar diniy tashkilotlar bilan bevosita aloqaga kirishini nazarda tutsak, tabiiy savol tug‘ilishi mumkin: bu hol davlat dindan, din davlatdan ajratilgan, degan asosiy tamoyilimizga zid kelmaydimi? Bu savolga “yo‘q” deb javob beramiz. CHunki mahalliy rahbarlar diniy tashkilotlar rahbarlariga biror bir yumush yuklamaydi, ular oldiga talablar qo‘ymaydi, balki, birinchidan, diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini qonun doirasida davom ettirishlari uchun shart-sharoit yaratadi, ikkinchidan, dindorlar ham jamiyatning bir qismi, teng huquqli fuqaro b¢lganligi uchun ularning hayoti haqida g‘amxo‘rlik qiladi, uchinchidan, diniy tashkilotlar bilan davlat organlari orasida muvofiqlashtirish vazifasini o‘taydi, to‘rtinchidan, rahbarlar jamiyat osoyishtaligi uchun javobgar bo‘lgani bois har xil ekstremistik guruhlar buzg‘unchiligining oldini olishi lozim. YA’ni mahalliy rahbarlar davlat organlari diniy tashkilotlar bilan munosabatda Konstitutsiyaga va tegishli qonunlarga rioya etadi.
Albatta, davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlarda qonun ijrosini nazorat qilib turish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda ushbu qonunning 6-moddasida maxsus qayd etilgan. Biroq, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mahalliy davlat organlari bilan birgalikda ish olib borgandagina, samarali natijalarga erishiladi. Mahalliy hokimiyat vakillari diniy tashkilotlar bilan doimiy aloqada bo‘lmog‘i darkor, chunki turli ma’rifiy-ma’naviy yig‘inlar o‘tkazish, axloqiy tarbiya masalalari muhokamasi, milliy g‘oyani birgalikda kishilar ongiga singdirishda hamkorlik bo‘lishi foydalidir.
Diniy tashkilotlarning xorijiy mamlakatdagi dindorlar, diniy arboblar va diniy muassasalar bilan aloqasi ham Din ishlari bo‘yicha qo‘mita orqali amalga oshiriladi. Masalan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi o‘nlab xorijiy tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan. Musulmon mamlakatlaridan kelgan davlat arboblari, atoqli din ulamolari, sayyohlar O‘zbekistondagi qadamjo va ziyoratgohlarni (Imom Buxoriy majmui, Bahouddin Naqshband maqbarasi, SHohi zinda va boshqalar)ni ziyorat qilar ekan, albatta diniy idora xodimlari ular bilan hamkorlik qiladi. O‘zbekistonga tashrif buyurgan mehmonlar bu erdagi ma’naviy yuksalish, jumladan, islomiy qadriyatlarning e’zozlanganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, xursand bo‘lmoqda. Nafaqat islom diniga oid tashkilotlar, balki boshqa dinlarga oid tashkilotlar ham qonun doirasida bemalol xorijdagi dindoshlari bilan aloqa qilish imkoniyati ega bo‘lmoqda.
YAna shuni ham aytish kerakki, diniy tashkilotlar boshqa nodavlat tashkilotlar, o‘zini o‘zi boshqaradigan nohukumat tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilib keladi. Ayniqsa, mahallalarning masjidlar bilan aloqasi samarali kechmoqda, desak bo‘ladi. Qayd etmoq joizki, mahalladagi aksar oqsoqollar, ko‘zga ko‘ringan mo‘ysafidlar namozxon sifatida masjidning qatnovchisi, ayni vaqtda, ular mahallalarning turli muammolarni ijobiy hal qilishda faol ishtirok etadi. Mahallalardagi xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyati ham bundan mustasno emas. Aholi ana shu tarzda ham diniy va ham dunyoviy masalalarni birgalikda hal qilib kelmoqda. Bu jamiyatimizdagi ijobiy hodisa, albatta.
Diniy muassasa va tashkilotlarga har xil diniy jamiyat yoki jamoalar, diniy ¢quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, monastirlar, senagoglar va boshqa shunga o‘xshash ibodatxonalar kiradi. Qonunga ko‘ra, bu tashkilotlar Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tmagan diniy tashkilot faoliyat yuritishi mumkin emas. Diniy tashkilot tuzish uchun (jumladan yangi masjid yoki cherkov ochish): 1) yuz nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi imzolagan ariza; 2) diniy tashkilot nizomi; 3) ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi; 4) tuzilayotgan diniy tashkilot joylashgan manzilni tasdiqlovchi hujjat; 5) diniy tashkilotlar markaziy boshqaruv organining nizomi; 6) ta’sis yig‘ilishi bayonnomasi va boshqa hujjatlar taqdim etilishi kerak.
Diniy tashkilotlar birlashib, markaziy boshqaruv organini tuzishga haqli. CHunonchi, ¡zbekiston musulmonlari idorasi O‘zbekistondagi jamiki islomiy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organi hisoblanadi. Markaziy organ rahbari (raisi) rayosat tomonidan saylanadi va unga mufti unvoni beriladi.
Qonunga ko‘ra, diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlarini ro‘yxatga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan, boshqa diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda ta’lim dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining biror bo‘g‘inida diniy darslar majburan kiritilmaydi, ammo dindan xabardor bo‘lishni xohlagan odamlar ixtiyoriy ravishda o‘rganishi, diniy o‘quv yurtlariga kirib, bilimlarini oshirishi mumkin. O‘zbekistonda bir necha diniy o‘quv yurtlari (madrasa, mahad, seminariy) faoliyat ko‘rsatmoqda. Diniy o‘quv yurtiga kiruvchilar o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi shart. Diniy o‘quv yurtlarini bitirganlar diniy tashkilotlarda xizmat qiladi.
Toshkent islom ma’hadini bitirgan talabalarning diplomi Vazirlar Mahkamasining 2003 yilgi qarori bilan boshqa dunyoviy oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat maqomiga tenglashtirildi. Endi ular o‘z bilimlarini yanada oshirish imkoniga ega bo‘ldi. Bu ham hukumatimizning yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligidan dalolatdir.
Bundan tashqari, YUrtboshimiz tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Toshkent islom universitetining tashkil etilishi ham yoshlarga nisbatan g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin timsolidir. Mazkur universitet butunlay yangi tipdagi o‘quv maskanidir. Unda diniy ilmlar bilan barobar dunyoviy ilmlar ham o‘rganiladi. Talabalar Qur’on va Xadislarni, kalom ilmi va tasavvufni o‘rganadi. SHu bilan birga bu dargohda falsafa, iqtisodiyot, tarix, ingliz, arab tillari, zamonaviy informatika asoslaridan puxta bilim oladi. Universitet qoshidagi gimnaziya va litsey ham shu yo‘nalishda ta’lim berib, ulug‘ ajdodlarimizning islom ilmi rivojiga qo‘shgan hissasidan boxabar bo‘ladi. Xullas, bu universitetda tahsil olgan talaba zamonaviy mutaxassis bo‘lib etishadi va din asoslarini o‘zlashtirib, qadimgi manbalardan bemalol foydalana oladi.
Ko‘rinib turibdiki, bu borada Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilayotgan izchil va odilona siyosat o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling