Viking Dubulg'a Shoxli Yoki Nima Tarixiy Afsona Kelib Chiqishi


Amerikaliklarning kuchi oddiylikda


Download 1.09 Mb.
bet5/11
Sana14.08.2020
Hajmi1.09 Mb.
#126282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dunyoning yetti mojizsi


Amerikaliklarning kuchi oddiylikda..

AQShda menga yoqqan narsa odamlardagi oddiylik, moddiyatga berilmaganlik. Ko‘cha-ko‘yda va boshqa joylarda yoningizda millioner turganini sezmaysiz. Garchan musulmon bo‘lmasa ham zohidlik xos ularga. Davlat idorasi bo‘ladimi, boshqa idoralarmi, xullas hashamat, ortiqcha yaltir-yultur yo‘q. Amerikaga odmilik xos. Dasturxon ham me'yorida. Ular boyligini boshqa narsaga sarflashni yaxshi ko‘radi. Asosiysi farzandlar tarbiyasi, ularning bilim va ilm olishi. Nogahon o‘ylanib qolasan. Bizda ham ko‘pchilik boyidi 20-25 yil ichida, lekin mehnat bilan topgan narsalarimizni «ne to» narsalarga sarfladik. Chunki bizning orzuimiz boshqacha yo‘llarga kirib ketishiga ozgina qoldi.



Nega amerikaliklar Amerikani sevadi?

Oldingi postimdan qaytarish bo‘lsa ham aytaman: amerikaliklar Amerikani eng qudratli va eng adolatli davlat deb ishonadilar. Siyosatchilar ham xalq nima istayotganini bilib, shuni ro‘yobga chiqarishga harakat qiladilar. O‘zbekistonda ham bu jarayon boshlandi. Davlat xalq uchun tamoyili ishlay boshladi. Shu o‘rinda mashhur Prezident Jon Kennedining mashhur so‘zlaridan iqtibos keltirsam: «Davlat men uchun nima qildi deb o‘tirishdan ko‘ra men davlatga nima hissa qo‘shdim, deb o‘zimizdan so‘rashimiz muhim». 

Amerikaning milliy guli - bu atirgul. E'tibor bering tikonli atirgul, ya'ni, muvaffaqiyatga va g‘alabaga yo‘l tikonsiz bo‘lmas.

//////////////////////



TROYA OTI

TROYA OTI — yunon rivoyatlariga koʻra, yogʻochdan ishlangan ulkan ot; uning ichiga yashirinib olgan yunonlarning sara askarlari Troyaga kirganlar (q. Troya urushi). Troyaliklar yunonlarning bu hiylasidan gʻaflatda qolishgan va shahar devori oddida turgan otni shaharga olib kirishgan. Tunda yunonlar otning ichidan chiqib qalʼa darvozasini ochganlar va qolgan qoʻshinni shaharga kirishiga imkon berganlar. «Troya oti» iborasi majoziy maʼno (dushmanni halok etish maqsadida unga tuhfa berish) kasb etgan.

Troya urushi — yunon eposlari "Iliada" va "Odisseya"da bayon qilinishicha, Miken shohi — Agamemnon boshchiligida axeyyalik shohlar ittifoqining Troyaga qarshi olib borgan 10 yillik urushi. Axeylarnnng Troyani zabt etishi bilan tugagan. Troyada olib borilgan arxeologik qazish ishlarining koʻrsatishicha, mil. av. taxminan 1260 yilda shahar uzoq muddatli qamalni boshidan kechirgan va vayron qilingan. Shunday qilib, yunon afsonalaridagi maʼlumotlar tasdiklangan. Epos maʼlumotlariga koʻra, troyalik shahzoda Paris tomonidan Sparta shoxi Menelayning qizi — goʻzal Yelenani oʻgʻirlab ketilishi Troya urushiga sabab boʻlgan. Menelay va uning birodari Agamemnon yunon davlatlari shoxdarini yordamga chakirib katta flot bilan Troya sohillariga yoʻl olgan. Troya shohi Priamga frigiyalik, likiyalik, frakiyalik ittifokchilar yordam bergan. Yunonlar Troyani 10 yil qamal qilganlar va hiyla bilan uni egallaganlar (qarang Troya oti). Asosan, buyuk jangchilarning yakkamayakka olishuvidan iborat boʻlgan harbiy harakatlarda yunonaxeylardan Axill, ikki Ayaks, Patrokl, Agamemnon, Odissey va boshqa, troyaliklardan — Gektor, Glavk, Sarpedont va Eney shuhrat krzonishgan. Troyaliklarning magʻlubiyati dariylar tomonidan Yunonistondan siqib chiqarilgan axeylarning bir qismini Kichik Osiyoga koʻchib oʻtishini yengillashtirgan.

//////////////////////////////////////////



Van Gog qulog‘ini kesib qaysi qizga jo‘natgan edi: oydinlashgan haqiqat

Hollandiyalik mashhur rassom Van Gog qulog‘ini kesib, qaysi qizga jo‘natgani oradan 130 yil o‘tib ma'lum bo‘ldi. Bu haqda The Art Newspaper nashri yozmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, qizning ismi Gabriel Berlate bo‘lib, fermerning qizi bo‘lgan. U bordelda ishlagan.

 “Hozirgacha mashhur rassomning qulog‘ini yoki biror bir yengiltak ayol yoki bordelda ishlaydigan o‘sha qiz qabul qilib olgan”, - deb yozadi nashr. 

Ma'lum bo‘lishicha, nashr jurnalistining ushbu mavzuga qo‘l urishiga o‘tgan hafta Bernadett Merfi muallifligi ostida chiqqan “Van Gogning qulog‘i: Haqiqiy tarix” kitobi sabab bo‘lgan.



Qizning ismi Parijdagi Paster instituti qaydnomalarida uchraydi. U 1888 yilda it qopishi oqibatida quturishdan ana shu shifoxonaga yotqizilgan. Ma'lum bo‘lishicha, qiz bu yerga Parijdagi Arl shahridan kelgan. Unga bu yerda quturishga qarshi yangi vaksina berishgan va qiz tuzalib ketgan.

Qizning davolanishi qarzga tushadi va uning oilasi bordelda ishlashiga to‘g‘ri keladi. U bordelda xizmatkor vazifasida ishlay boshlaydi.
Aynan o‘sha qiz - Gabriel Berlatega ruhiy azob chekayotgan Van Gog o‘z quloqlarini kesib jo‘natadi.

Ma'lum bo‘lishicha, Berlate keyinroq turmushga chiqadi va uzoq umr kechiradi. U hayoti davomida hech qachon Van Gog bilan uchrashmagan.

//////////////////////////////////


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling