Viloyat iib boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro
Ushbu kazusda . ichki ishlar organlari ma’muriy organ bo‘lib kela
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manfaatdor shaxs kim va u qanday majburiyatlarga ega
Ushbu kazusda . ichki ishlar organlari ma’muriy organ bo‘lib kela
oladimi? O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra Ma’muriy organlar – ma’muriy-huquqiy faoliyat sohasida ma’muriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishda vakolatli bo‘lgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalardir. Demak, ushbu holatdan ko‘rinib turibdiki, ichki ishlar organlari ham ma’muriy organ sanaladi. Manfaatdor shaxs kim va u qanday majburiyatlarga ega? O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonuniga binoan manfaatdor shaxs – qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsdir. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasida manfaatdor shaxsning huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, “Manfaatdor shaxslar ma’muriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxa ko‘chirish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim qilish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ma’muriy ish yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, ma’muriy ish yuritish bo‘yicha arz qilish, iltimosnomalar berish, ma’muriy organga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ma’muriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar bildirib, ma’muriy va protsessual hujjatlar, shuningdek ma’muriy harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega”. 1 Demak, yuqridagi kazusdagi M.A. manfaatdor shaxs bo‘lib kelgan. U ushbu normada ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Yuqorida ham fuqaro M.A. ma’muriy organning buyrug‘idan norozi bo‘lib, uning buyrug‘ini bekor qilishni so‘rab, sudga ariza bilan murojaat qiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling