Viloyat iib boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana07.05.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1437892
1   2   3   4   5   6   7
ANIQLANDI: 
Viloyat IIB boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻi bilan fuqaro M.A. 
ichki ishlar organlaridan xizmatdan boʻshatilgan. Shu sababli M.A. maʼmuriy sudga 
ariza bilan murojaat qilib, viloyat IIB boshligʻining 2016-yil 12-maydagi 21-sonli 
buyrugʻini qonunga muvofiq emas, deb topishni va viloyat IIB boshligʻi zimmasiga 
2016-yil 12-maydagi 21-sonli buyrugʻini bekor qilish majburiyatini yuklashni 
soʻragan. 
4
Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi kodeks, 27-modda. Qonun hujjatlari mal’lumotlari milliy bazasi 


QAROR QILADI: 
Xodimga nisbatan qo`llaniladigan intizomiy jazo sirasiga xodimning egallab 
turgan lavozimidan ozod etish ham borligi va uni qachon qo`llash vakolatli 
shaxsning o`ziga bog`liq ekanligini hisobga olib, Ma’muriy sud ishlarini yuritish 
to’g’risidagi kodeksning 154- va 158- moddalariga asosan hal qiluv qarorida arz 
qilingan talablarni qanoatlantirish rad qilinsin. 


MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilarini tahlil qiling. Fikringizni 
misollar bilan asoslantiring.
MSYuIning 37- moddasiga asosan Maʼmuriy sud ishlarini yuritish 
ishtirokchilari Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga 
ko‘maklashuvchi shaxslar ma’muriy sud ishlarini yuritish ishtirokchilaridir.
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar o‘z 
zimmalariga yuklatilgan vakolatlarga ko‘ra ishda ishtirok etuvchi shaxslardir. Ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, 
ko‘chirma nusxa olish, rad qilish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish
dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz 
qilish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni ko‘rish davomida yuzaga 
keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘z vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda 
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga e’tiroz bildirish, sud 
hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda o‘zlariga 
berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga ega. Xususan 
taraflarni misol qilib olsak, maqsadga muvofiq. Arizachi va javobgar ma’muriy sud 
ishlarini yuritishdagi taraflardir. 
O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya 
qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim 
etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. 
Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini 
o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. 
Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling