^ Ikkinchi darajali.
Asosiy omillarga ko’p tug’ishlar, uzoq vaqt davomida gormonal ta’sirga ega kontratseptivlardan foydalanish, abortlar, 30 yoshdan keyin ham farzandlarinig yo’qligi, hayz bilan bog’liq muammolar, ayollar bolani ko’krak bilan emizishdan bosh tortishi, jinsiy a’zolar tuzilishdagi anomaliyalari mavjudligi kiradi.^ Irsiyat — birinchi va ikkinchi tartib qarindoshlarida FKM mavjudligi;
^ Patologik a’zolar faoliyatining gormonlar ishlab chiqarishga ta’sir qilishi (qalqonsimon bez,
buyrak usti bezlari, gipofiz bezi);
^ Hayot tarzi. Noto’g’ri ovqatlanish, ratsionida vitaminlar yetishmasligi, tana vazni bilan bog’liq
muammolar mastopatiya rivojlanishi xavfini oshiradi;
^ Yomon odatlar: chekish, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish.
FIBROZ-KISTOZ MASTOPATIYANING ALOMATLARI
FKMning dastlabki bosqichda maxsus diagnostika usullarisiz aniqlash mumkin bo’lgan alomatlar deyarli namoyon bo’lmaydi. Shu sababli, barcha ayollar uchun bu patologiyaning erta bosqichda aniqlash imkonini beradigan muntazam tibbiy nazoratdan o’tib turish juda muhim hisoblanadi.
Keyingi rivojlanishi bilan fibroz-kistoz mastopatiya o’zini quyidagi belgilar orqali namoyon qila boshlaydi:
^ Paypaslash orqali seziladigan va og’riqli tabiatga ega ko’krak bezidagi zichlanishlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |