Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Download 2.27 Mb.
bet52/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Siyna va ularning atrofini diqqat bilan tekshiring. Shakli, rangi, terining har qanday o’zgarishi klinik tashxisga bo’lgan ehtiyojning belgisidir.

Bunday ko’rikni bir oyda bir marta, hayz siklining aynan bir kunida amalga oshirish kerak. Bu turli davrlarda ayol ko’kragidagi tabiiy o’zgarish bilan bog’liq farqlardan holi qiladi.
Bunda tashqari, muntazam tekshiruvlar hatto kichik o’zgarishlarni his qilish imkonini beradi va ular aniqlanganda, kasallikni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida bartaraf qilsa bo’ladi.

  1. Mastopatiyaning klinik tashxisi bir qator ko’riklarni va uch mutaxasis — ginekolog, endokrinolog va mammolog konsultatsiyasini o’z ichiga oladi. Birinchi navbatda, fibroz-kistoz mastopatiya mavjudligi gumon qilinayotgan ayol sut bezlari ultratovush tekshiruvi va magnit-rezonans tomografiyasi yordamida tekshirilib ko’riladi. Ushbu usullar eng informativ hisoblanadi va tugunchalarni rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ham aniqlay oladi.Miya chayqalishi va uning sabablari, klinik belgilari, hamshiralik parvarishi haqida ma'lumot bering.

J: Miya chayqalishi — eng keng tarqalgan bosh jarohati. Oddiy odamga oddiy lat yeyishni miya chayqalishidan ajratib olish qiyin. Boshga har qanday zarar yetishida birinchi yordamni ko’rsatish va shifokorni o’z vaqtida chaqirish muhimdir.
Miya chayqalishi — kalla-miya jarohatining yengil shakli, kalla-miya travmatizmi tuzilishida uchrashi chastotasi bo’yicha birinchi o’rinni egallaydi. Miya chayqalishini davolashda asosiy narsa — dam olish va uxlashdir. Biroq, miya chayqalishini jiddiyroq shikastlanish — miya lat yeyishi bilan osonlikcha adashtirish mumkin. Ushbu travma majburiy medikamentoz davolash va gospitalizatsiyani talab qiladi.
Har qanday holatda, boshga sezilarli zarba berilganda, shifokorga uchrashish, rentgen tasviri, bosh suyagining yorilishlari, qon ketishi yo’qligiga amin bo’lish va nevrolog konsultatsiyasini olish kerak.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling