Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Download 2.27 Mb.
bet55/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

OQIBATLARI
Odatda 24-48 soatdan keyin chayqalish belgilari va alomatlari yo’qoladi. Miyaning qayta jarohatlanishida ularning salbiy ta’siri umumlashadi.

  1. Miokard infarktining sabablari, simptomlari va shifokorgacha birinchi tibbiy yordam ko'rsatish qanday bo'lishi lozim?

J: Miokard infarkti — o’tkir holat, yurak ishemik kasalligining klinik shakli, to’liq yoki qisman qon yetishmovchiligi natijasida yurak muskul to’qimasining (miokard) nekrozi (o’limi) tufayli yuzaga keladi. Bu butun yurak-qon tomir tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi va bemorning hayotini xavf ostiga qo’yadi.
Miokard infarktining asosiy va eng ko’p tarqalgan sababi — yurak mushagini qon bilan va shunga mos ravishda kislorod bilan ta’minlaydigan toj (koronar) arteriyalardagi qon oqimining buzilishi. Ko’pincha bunday buzilish arteriyalar aterosklerozining fonida yuzaga keladi va unda tomirlarning devorida aterosklerotik pilakchalar (blyashkalar) paydo bo’ladi. Ushbu pilakchalar toj arteriyalari bo’shlig’ini toraytiradi va tomir devorlarining shikastlanishiga hissa qo’shadi, bu esa tromb va arterial stenoz shakllanishi uchun qo’shimcha sharoitlarni yaratadi. INFARKTNING XAVF OMILLARI
Ushbu o’tkir kasallikning rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradigan bir qator omillar mavjud:

  1. Ateroskleroz. Yo’g almashinuvining buzilishi natijasida qon tomir devorlarida aterosklerotik pilakchalarning paydo bo’lishi miokard infarktining rivojlanishida asosiy xavf omilidir.

  2. Yosh. 45-50 yoshdan keyin kasallikni rivojlanish xavfi ortadi.

  3. Jins. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ayollarda ushbu keskin vaziyat erkaklarnikiga qaraganda 1,5-2 marta ko’proq uchraydi, ayniqsa klimaks davrida ayollarda miokard infarkti rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi.

  4. Arteriyel gipertoniya. Gipertoniya (yuqori qon bosimi) bilan og’rigan insonlarda yurak- qon tomir kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi, chunki arterial bosim ortishi bilan miokardda kislorodga talab oshadi.

  5. Avval boshdan kechirilgan miokard infarkti, hatto kichik ko’lamli bo’lsada.

  6. Chekish. Ushbu zararli odat tanamizning ko’plab organlari va tizimlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Surunkali nikotin bilan zaharlanish natijasida toj arteriyalar torayib ketadi, bu esa miokardda kislorod yetishmasligiga olib keladi. Va gap nafaqat faol chekish haqida, balki passiv chekish haqida ham bormoqda.

  7. Semizlik va gipodinamiya. Yog’ almashinuvi buzilganda aterosklerozning rivojlanishi tezlashadi, qandli diabet kasalligi xavfi ortadi. Jismoniy yetishmovchilik va kamharakatlik organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’sir qiladi, bu esa ortiqcha vaznning to’planishiga sabab bo’ladi.

  8. Qandli diabet. Qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda miokard infarkti rivojlanish

xavfi yuqori, chunki qondagi yuqori qand miqdori tomir devorlari va gemoglobinga salbiy ta’sir
ko’rsatadi, buning natijasida uning transport (kislorodni tashish) qobiliyati yomonlashadi. MIOKARD INFARKTI BELGILARI VA ALOMATLARI
Bu o’tkir holat o’ziga xos alomatlarga ega va ular odatda shunchalik yaqqol namoyon bo’ladiki, ular sezilmay qolishi mumkin emas. Shunga qaramay, ushbu kasallikning atipik shakllari ham mavjudligini esda tutish kerak.
Ko’pchilik hollarda bemorlar miokard infarktining odatda og’riqli shaklini rivojlantiradilar, buning natijasida shifokor kasallikni aniq tashxislash va darhol davolashni boshlash imkoniga ega.
Kasallikning asosiy belgisi bu kuchli og’riqdir. Miokard infarkti bilan kechadigan og’riq ko’krak orqasida joylashgan bo’lib, u yonish hissi va xanjar urilgandek tuyuladi, ba’zi bemorlar og’riq «yorib tashlagudek» bo’ladi deya ta’riflaydi. Og’riq chap qo’lga, pastki jag’ga, kuraklar orasiga tarqalishi mumkin. Ushbu holatning rivojlanishi har doim ham jismoniy zo’riqishdan keyin kelmaydi, ko’pincha og’riq sindromi dam olish vaqti yoki kechqurun yuz beradi. Og’riq alomatining tavsiflangan xususiyatlari stenokardiya xurujlarida bo’lganiga o’xshash bo’lsa-da, ularning bir-biridan ajratib turuvchi aniq farqlar bor.
Stenokardiya xurujidan farqli o’laroq, miokard infarkti tufayli paydo bo’lgan og’riq sindromi 30 daqiqadan ko’proq davom etadi va tinch holatga o’tish yoki nitrogliserinni takroriy qabul qilish bilan to’xtamaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, og’riqli xuruj 15 daqiqadan ko’proq davom etsa, qabul qilingan chora-tadbirlar samarasiz bo’lsa, darhol shoshilinch tibbiyot jamoasi chaqirilishi kerak.
MIOKARD INFARKTINING ATIPIK SHAKLLARI
Atipik shaklda kechayotgan miokard infarkti tashxis qo’yish paytida shifokor uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Gastritik variant. Kasallikning ushbu shaklida yuzaga kelgan og’riq sindromi gastritning xuruji tufayli yuzaga kelgan og’riqqa o’xshaydi va epigastrik mintaqada joylashgan bo’ladi. Ko’rikda qorin old devorining mushaklari tarangligi kuzatilishi mumkin. Odatda, miokard infarktining bunday shakli diafragmaga yaqin bo’lgan pastki chap qorincha shikastlanishlarida kelib chiqadi. Astmatik variant. Bronxial astmaning shiddatli xurujini eslatadi. Bemorda bo’g’ilish, ko’pikli balg’amli yo’tal (quruq bo’lishi ham mumkin) kuzatilishi va shu bilan birga odatda og’riq sindromi kuzatilmasligi yo’q yoki zaif ifodalangan bo’lishi mumkin. Og’ir holatlarda o’pka shishishi rivojlanishi mumkin. Ko’rik o’tkazilganda yurak ritmining buzilishi, qon bosimi pastligi, o’pkada xirillash sezilishi mumkin. Ko’pincha, kasallikning astmatik shakli takroriy miokard infarktida, shuningdek, og’ir kardiosklerozning fonida sodir bo’ladi.
Aritmik variant. Miokard infarktining bu shakli turli xil aritmiya (ekstrasistoliya, miltillovchi aritmiya yoki paroksizmal taxikardiya) yoki turli xil darajadagi atriyoventrikulyar blokada bilan namoyon bo’ladi. Yurak urishi ritmining buzilganligi sabab EKG tekshiruvida miokard infarkti aniqlanmasligi mumkin.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling