Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi
Download 2.27 Mb.
|
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kriptogen sepsis
- Tonzillogen sepsis
- Urosepsis
- Chaqaloqlar sepsisi
Ginekologik sepsis jinsiy a’zolar faoliyatidagi ayrim o'zgarishlar yoki kasalliklar (masalan, noqulay sharoitda qilingan abort, tug'ruqning og'ir o'tishi, yiringli endometrit, salpingit)dan so'ng ro'y beradi.
Kriptogen sepsis ko‘pincha autoinfeksiyalar tufayli ma’lum sharoitda vujudga keladi, ya’ni infeksiyalar bodomcha bezlarida, tish granulomalarida, kengaygan bronxlarda, ichaklarda, taloqda o‘rnashgan bo‘lishi mumkin. Tonzillogen sepsis ko‘pincha bodomcha bezlarning yiring boylashi va nekrozli yallig‘lanishi (angina) natijasida paydo bo‘ladi. Rinogen sepsis burun va uning yondosh bo‘shliqlaridagi yiringli kasalliklar asoratidir. Urosepsis siydik-tanosil a’zolariga infeksiya tushishi, ularning zararlanishi hamda bu a’zolardagi yiringli jarayonlar oqibatida vujudga keladi. Jarrohlik sepsisi turli jarrohlik kasalliklari (ayniqsa, yiringli peretonit, plevrit, appenditsit, o‘pka absessi hamda kuyish jarohati) asorati sifatida uchraydi. Bulardan tashqari, sepsis jarayoni yangi tug‘ilgan go‘daklarda ham kuzatiladi. Chaqaloqlar sepsisi (neonatal sepsis) bakteriyalarning infeksiya o‘chog‘idan qonga tushishi bilan kechadigan umumiy infeksion kasallikdir. Chaqaloq organizmiga infeksiya antenatal (tug‘ruqqacha), intranatal (tug‘ruq paytida) va postnatal (tug‘ruqdan keyin) davrlarda o‘tishi mumkin. Ayniqsa, chala tug‘ilgan go‘daklarda sepsis juda tez rivojlanadi. Go‘daklarda bu kasallikni turli patogen va shartli patogen mikroorganizmlar (masalan, stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, salmonella, ichak tayoqchasi) qo‘zg‘atadi. Shunindek, homilador ayol organizmida yallig‘lanish jarayonlari kechayotgan bo‘lsa, tug‘ruq paytida terisi shikastlanishi tufayli yiringli o‘choqlardagi infeksiya chaqaloqqa o‘tadi. Chaqaloqlar sepsisi aksariyat hollarda bola tug‘ilishi vaqtida yoki tug‘ilgandan so‘ng yuz beradi. Ko‘pincha kindik yarasi mikroblar manbaiga aylanadi. Bunda kindik qoldig‘idan infeksiya kirishi natijasida sepsis yuzaga keladi. Ya’ni bola kindigi uy sharoitida kesilganda yoki kindikni toza bo‘lmagan ip va latta bilan bog‘laganda, unga kul sepganda sepsis osonlik bilan rivojlanadi. Bundan tashqari, sepsisni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar chaqaloq organizmiga shilliq qavatlar, nafas yo‘llari, oshqozon-ichak, teridagi jarohatlar va kindik tomirlari orqali kirishi mumkin. Konservativ davo naf bermasa. . . Sepsisning o‘ta jiddiy jarayon ekanligini unutmasligimiz kerak. Bu jarayonda yiring qonga so‘riladi va organizmdagi barcha a’zo va hujayralarda o‘rnashib qoladi. Shundan so‘ng zarur a’zo va hujayralar yemirila boshlaydi, ularning faoliyati keskin buziladi. Ayniqsa, yurak-qon tomir, nafas, hazm a’zolari ishi izdan chiqadi va ularning yetishmovchiligi kuzatiladi. Sepsisga faqat kasalxona sharoitida davo qilinadi. Bunda konservativ (dori-darmon) va jarrohlik muolajalari qo‘llanadi. Organizmdagi yiringli o‘choqlar dori-darmonlar, fizioterapevtik muolajalar va yana bir necha xil murakkab davo usullari yordamida yo‘qotiladi. Konservativ davolash yordam bermagan hollarda jarrohlik muolajasi amalga oshiriladi. Ma’lumki, sepsis rivojlanganda bemor organizmida og‘ir turdagi zaharlanish (intoksikatsiya) ro‘y beradi, bu vaqtda ishtaha yo‘qoladi va organizm quvvatsizlanadi. Shuning uchun ham sepsisni davolash jarayonida bemorga yuqori kaloriyali, ya’ni servitamin ovqatlar berish zarur. Bundan tashqari, bemorlar tinch sharoitda bo‘lishlari, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etishlari lozim. Ayniqsa, ularga yaxshi muomalada bo‘lish kasallikning tuzalishida muhim ahamiyatga ega. Maslahatimiz shuki, odam badanida paydo bo‘lgan har qanday yara-chaqalar va organizmida kechayotgan yallig‘lanishlarga beparvo qaramaslik kerak. Sepsisning oldini olish uchun quyidagi holatlarga e’tiborli bo‘ling: ochiq jarohatlar yiringlashi; yuzdagi husnbuzarlar uchi oqarishi; chipqon chiqishi; xasmol (qo‘l barmog‘i to‘qimlarining o‘tkir yiringli yallig‘lanishi) paydo bo‘lishi; flegmona (teri osti yog‘ klechatkasining o‘tkir yiringli yallig‘lanishi) vujudga kelishi; teridagi mayda shikastlar tuzalishi cho‘zilishi; badanning biror joyi kuyishi. Download 2.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling