Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Leyshmanioz qanday kassalik, yuqish yo'llari va profilaktikasi haqida malumot bering


Download 2.27 Mb.
bet7/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Leyshmanioz qanday kassalik, yuqish yo'llari va profilaktikasi haqida malumot bering.

J: Leyshmanioz — odam va xayvonlarda uchraydigan kasallik. Ko'proq tropik va subtropik iqlimli mintakalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qo'zg'atadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infeksiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Teri leyshmaniozi (qarang Yomon jarohat) va ichki a'zolar visseral leyshmaniozi farq qilinadi. Visseral leyshmanioz "kalaazar" deb ham yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan ko'proq bolalar kasallanadi (birinchi bo'lib kasallik qo'zg'atuvchisini topgan ingliz vrachi U.Leyshman nomidan olingan). U surunkali kechadi, ichki a'zolar jiddiy zararlanadi; dam-badam isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va juda oriklab ketish kasallikka xos alomatlardir. Ko'pincha, o'lim hollari kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin, stibanol, neostibodan va boshqalar) qo'llaniladi. Oldini olish iskabtopar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi — repellentlardan foydalaniladi.

  1. Quturish kasalligi klinikasi, davolash va profilaktikasi haqida aytib bering.

J: Quturish kasalligi— quturish virusi (Rabies virus) qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.
Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi quturish hollarda o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.
Virus markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, ayniqsa miya yallig’lanishiga sabab bo’ladi (o’ziga xos ensefalit). Mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus yuqishi mumkin.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling