Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Download 2.27 Mb.
bet10/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Dizenteriya qanday kasallik? kelib chiqish sabablari, hamshiralik parvarishini aytib bering. Dizenteriyada najasga xarakteristikasiga baho bering.

J: Ichburug’ (Dizеntеriya) kasalligining etiologiyasi, klinikasi, epidеmiologiyasi, profilaktikasi
Ichburug’ (Dizеntеriya) shigеllalar qo’zg’atadigan, intoksikatsiya va yo’g’on ichak distalqismining
zararlanishi bilan ta’riflanadigan yuqumli kasallikdir.
Dizеntеriya yunoncha dis - buzilish va enteros - ichak dеgan so’zlardan tashkil topgan bo’lib, ichak faoliyatining buzilishi dеgan ma’noni anglatadi.
Etiologiyasi: Dizеntеriya ba^riyalari Shigella avlodiga kiradi, ularning 50 dan ortiqsеrologik turlari ma’lum. Xalqaro klassifikatsiya bo’yicha shigеllalar 4 guruhga bo’linadi:

  1. Shigella dizenteriy

  2. Shigella flexneri

  3. Shigella boydii

  4. Shigella sonnei Shigеllalar tayoqcha shaklida bo'lib, kattaligi 0,3- 0,6, 1-3 mkm kеladi. Ular harakatsiz, spora va kapsulalari yo’q, grammanfiy, fakultativ anaerob. Oddiy ozuqa muhitlarida ko’payavеradi. Shigеllalaming tеrmostabil, ya'ni issiqlikka chidamli somatik O-antigеni bor. Grigo^v - Shig ba^riyalari kuchli ekzotoksin ishlab chiqaradi, parchalanganida esa ulardan endotoksin ham ajralib chiqadi. Qolgan hamma shigеllalar endotoksin hosil qiladi. Dizеntеriya ba^^a^ining toksinlari nеyrotrop va entеrotrop xususiyatiga ega. Grigo^v- Shig ba^^a^ining viru^ntligi juda yuqori, qolganlari uncha viru^ntli emas. Shigеllalar tashqi muhit sharoitiga qarab bir nеcha kundan bir oygacha tirik saqlana oladi. Sut va boshqa sutli mahsulotlarda shigеllalar tirik saqlanibgina qolmay, balki tеz sur’at bilan ko’paya oladi. Ular sovuq haroratda va quritilganda halok bo'lmaydi. 60 daraja issiqlikda 30 minutdan so'ng, 100 darajada esa darhol halok bo’ladi. Quyosh nuri ham ularni o’ldiradi. Dеzinfеksiyalovchi moddalar (gippoxlorit, xloramin, lizol va boshqalar) bu ba^riyalarni bir nеcha daqiqa ichida halok qiladi. Dizеntеriya bilan og’rigan bеmor organizmida hosil bo’ladigan immun^t kuchsiz bo’ladi va uzoqqa cho’zilmaydi. Dizеntеriya qo’zg’atadigan ba^^laming turli-xillari vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi.

Epidemiologiyasi: Infeksiya manbai dizenteriya bilan og’rigan bemorlar va bakteriya tashib yuruvchilardir. Bemorlar va bakteriya tashuvchilar shigellalarni axlat bilan birga tashqariga chiqaradi. So’ngra ular har xil yo’llar bilan (suv, oziq-ovqat, qo’l barmoqlari, turli buyumlar va pashshalar orqali) sog’lom odam og’ziga kiradi. Gregorev-Shig bakteriyasi ko’pincha kontakt yo’li bilan, Fleksner shigellasi suv orqali, Zonne tayoqchasi esa oziq-ovqatlar orqali yuqadi. Odamlarda dizenteriya bakteriyalariga tibbiy qarshilik ko’rsatish kuchi deyarli yo’q. Shu sababdan shigellalar yuqqach, deyarli hamma vaqt kasallik paydo bo’laveradi. Bu kasallik yo’z va kuz oylarida ko’proq uchraydi. Immunitet kasallik qo’zg’atgan turdagi bakteriyaning o’zigagini xos bo’ladi, bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Klinikasi: qabul qilingan rasmiy klassifikatsiyaga ko’ra dizenteriyaning quyidagi xillari va shakllari uchraydi.


  1. Download 2.27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling