Viloyat ruxiy-asab kasalliklar shifoxonasi


Asetilsalitsil kislotasi mavjud dori-darmonlarni qabul qilish


Download 2.27 Mb.
bet60/80
Sana27.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1726937
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80
Bog'liq
ОЛИЙ ТОИФА УЧУН ЖАВОБЛАР 2023

Asetilsalitsil kislotasi mavjud dori-darmonlarni qabul qilish. Aspirin nafaqat miokardiyal infarktni davolash uchun, balki uning oldini olish uchun ham standartdir. Bugungi kunda ushbu moddani o’z ichiga olgan ko’plab dorilar kardiologiyada keng ishlatiladi. Optimal dozani va muayyan dori turini tanlash uchun siz shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak.

  1. DOTS dasturi haqida tushuncha, uning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan

natijalar.
J: Silni aniqlash va davolash usullari odamzodga ko'p yillardan beri ma'lum. 100 yildan ortiq davr ichida sil kasalligini qo'zg'a- tuvchi mikobakteriyalarni mikroskop yordamida aniqlash mumkin, silga qarshi samarali dorilardan esa, 50 yilga yaqin vaqt ichida foydalanilyapti. Shunga qaramasdan, har yili 2 millionga yaqin odam sil tufayli dunyodan ko'z yumadi. Silni aniqlash va davo- lashning samarali usullari borligiga qaramasdan, bemorni, ayniqsa, yuqumli bemorlarni aniqlash va davolash tizimining yetarlicha yaxshi tashkil qilinmaganligi muammosi saqlanib qolmoqda. Bugungi kunda silga qarshi kurashishning DOTS nomi bilan ma'lum bo'lgan strategiya mavjud bo'lib, hozirgi vaqtda samarali va iqtisodiy jihatdan foydali deb tan olinib, JSST hamda Sil va o'pka kasalliklariga qarshi kurashish ittifoqi tomonidan tavsiya qilingan. DOTS (ingliz. directly observed treatment, short- course) — qisqa standart kimyoviy terapiyaning keskin cheklangan va nazorat ostiga olingan davolash strategiyasi.
JSST tavsiya qilgan silga qarshi kurashish strategiyasi tibbiy va ma'muriy tadbirlar majmuasi bo'lib, aholigacha yetib boruvchi silni aniqlash va davolash dasturini ishlab chiqish hamda ishlatishga yo'naltirilgan. Bu strategiya infeksiyaning tarqalishini oldini olish bilan birga, ko'p hollarda o'lim holatlarini ko'paytiradigan va katta xarajat talab qiladigan doriga chidamli silning rivojlanishining oldini oladi.
Silning kimyoviy terapiyasi standart sxemalari JSST va Sil va o'pka kasalliklariga qarshi kurashish ittifoqi tomonidan tavsiya qilingan. Ular silni samarali davolash hamda doriga chidamli sil rivojlanishining oldini olish imkonini beradi. Har bir silga qarshi dori qisqartirilgan belgi — harf bilan belgilanadi, masalan:

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling