Viloyati buxoro davlat universiteti


  “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining nazariy - metodologik


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1426505
1   2   3   4   5   6   7   8
3. 
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining nazariy - metodologik 
tamoyillari.  
Tarixiy voqealarni o’rganishda to’g‘ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning 
ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o’qitish va o’rganish 
ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo’ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga 
sinfiylik, partiyaviylik naqtai nazarlaridan yondoshildi. Oqibatda ko’pgina tarixiy voqealar 
soxtalashtirildi, ma’naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz kamsitildi. Xalqimiz tarixining bu 
qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligi aybdor deyish kifoya 
qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo’lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta 
bo’ldi. Tarix fani totalitar tuzum xizmatkoriga, tashviqotchisiga, himoyachisiga, kommunistik 
mafkura dumiga aylantirilgan edi.
Mustaqillikyillaridatarixfaninio’rganishdaquyidagiyangitamoyillarkiribkeldi.
Ya’ni, insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to’g‘ri yoritish va o’rganish uchun bir 
qator muhim nazariy metodologik printsiplarga tayanmoq zarur. Dialektik metod ana shunday 
printsiplardan biridir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika olam 
yagona va yaxlit, unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o’zaro bog‘lanishda, 
uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo’ladi deb ta’lim beradi. Dialektik metodologiya har 
qanday mamlakat tarixini, shu jumladan, O‘zbekistonning eng yangi tarixini, o’zbek xalqi 
tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog‘liq holda o’rganishni taqazo etadi. Negaki, har bir xalq 
tarixida milliylik, o’ziga xos betakror xususiyatlari bilan birga jahon tarixi, butun insoniyat 
taraqqiyoti bilan umumiy bog‘lanishdadir.Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixi avvalo Markaziy 
Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas 
bog‘langan. Tarixiy voqea, hodisalarni o’rganish, tahlil qilish va yoritishda ularga xolisona, 
haqqoniy, ilmiy yondashuv muhim metodologik printsiplardir. Xolislik qoidasi tarixiy voqea, 
hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog‘liq bo’lgan barcha faktlarning hech bir istisnosiz 
butun majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. 
Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o’zaro aloqada va munosabatda deb o’rganish darkor. 
Tarixni o’rganishda tarixiylik printsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, 
hodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o’sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish 
jarayonidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqazo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa 
voqealar, hodisalar bilan bog‘lab o’rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy 
jarayondagi o’rnini to’g‘ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy 
tarixiy jarayonning bir qismi, bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy 
muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo’lganligini, bu hodisa o’z 
taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib 
qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Tarixiylik printsipi xalqning o’tmishini 
yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o’tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon 
kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo’ldan borayotgan ekan, 
istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qurmoqchi bo’lgan avlod tarix fani orqali o’tmishni 
yaxshi bilmog‘i lozim. Mamlakatimiz tarixini o’rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, 
xalq an’analari va urfodatlari, din, islom dini tarixi, odamlarning diniy e’tiqodlari, diniy 
ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini tahlil qilishga, yoritishga tsivilizatsion 
munosabatda bo’lib, ularni hurmatlash, e’zozlash nuqtai nazaridan yondashmoq kerak. Tarixni 
o’rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik printsiplar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, 
mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, sotsiologik tadqiqotlarni o’tkazish, 
statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.  


Vatanimiz tarixini o’rganishda Prezidentimiz asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va 
farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim 
nazariy metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling