Viloyati buxoro davlat universiteti
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 2-Mavzu: O’zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ahvoli Reja: 1.
- 1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi Yangi yo’l
- Kadrlar siyosati
Nazorat savollari:
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani nimani o‘rgatadi? 2. Milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishda Vatanimiz tarixining o‘rni va ahamiyati qanday? 3. Tarixni o‘rganishda qanday metodologik tamoyillarga tayanish lozim? 4. Tarixiylik tamoyilini qanday tushunasiz? 5. Tarixni o‘rganishda xolislik, ilmiylik tamoyillarining talablari nimalardan iborat? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoev SH.M. Niyati ulug’ xalqning ishi ham ulug’, hayoti yorug’ va kelajagi farovon bo’ladi. 3-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2019. – 400 b. 2. Mirziyoev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. –Toshkent: O’zbekiston, 2018. – 508 b. 3. Islom Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. – T.: “O’zbekiston”, 1999 yil. 4. Islom Karimov. "O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida".T.: "O’zbekiston", 2011 yil. 2-Mavzu: O’zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy ahvoli Reja: 1.O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi. 2.Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi 3.O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. 1. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritish tomon yo’l tutishi Yangi yo’l 1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr- qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joyjoyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi. O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling