Viloyati buxoro davlat universiteti


O’zbek tili – davlat tili


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.05.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1426505
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbek tili – davlat tili Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili 
maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga 
avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega 


ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan 
edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal 
qilish yo’lini tanladi. O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n 
birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda 
O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy 
va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990 yil 19 
fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi 
qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va 
davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning 
qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy 
voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi. Respublika 
iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki 
sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun yer ajratildi. Yerga 
muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. 
Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» 
dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish 
bilan ta’minlandi.
Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda 
byudjetdan va korxonalar hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. 1990 yil 18 
fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat 
bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda 
barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar 
birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar 
bo’lib o’tdi. 1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR 
Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib o’tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi 
bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 
1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling