Viloyati buxoro davlat universiteti
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining maqsadi va vazifalari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining maqsadi: yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Davlat mustaqilligini o’z qo’liga olgan ozod, hur O‘zbekistonda Vatan, istiqlol taqdiri bugungi baxtli avlodlar qo’lida. Mustaqillikni asrab- avaylash, mustahkamlash, mamlakatimizni keyingi avlodlarga yanada qudratli, obod, ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan rivojlangan holda etkazish zamonamizning dolzarb vazifasiga, talabiga aylandi. Bu mas’uliyatli, ayni paytda sharafli vazifaning qay darajada ado etilishi bugungi avlodlarga, xususan yoshlarga, ularning ma’naviy barkamolligiga bog‘liq. Vatanimiz tarixi o’z o’rnini topdi, barcha o’quv maskanlarida talaba-o’quvchilarga Vatanimiz tarixini o’qitish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi, Vatanimiz tarixini o’qitish yo’lga qo’yildi. Vatanimiz tarixi millatning, yoshlarning haqiqiy tarbiyachisiga aylanmoqda. Tarix talaba-o’quvchilarda olam yagona va yaxlit, O‘zbekiston uning ajralmas bir qismi, olamda sodir bqladigan voqea, hodisalar umumiy va o’zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda ekanligi to’g‘risida to’g‘ri tasavvur, tushunchalarni shakllantiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining vazifasi: talaba-o’quvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshiralayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini o’rgatadi. Bu o’z navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda o’z o’rnini to’g‘ri belgilashga ko’maklashadi. Vatanimiz tarixi yoshlarda jamiyatda ertaroq mustaqil faoliyat yuritish, o’z qobiliyatini to’laroq ochish va hayotga tatbiq etish sifatlarini shakllantiradi, Vatan, xalq taqdiri uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olish kabi yuksak ma’naviy burchni tarbiyalaydi, milliy g‘oya bilan qurollantiradi. Shu boisdan O’zbekistonning eng yangi tarixini har tomonlama, chuqur o’rganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling