Viloyati tumani umumiy o’rta ta’lim maktabi 10-sinf rahbari ning


Download 144.08 Kb.
bet1/14
Sana02.06.2024
Hajmi144.08 Kb.
#1838380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” 10-sinf






____________ viloyati __________ tumani
____-umumiy o’rta ta’lim maktabi
10-sinf rahbari
_____________________________ning
10-sinfda
8 dekabr- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga atab
Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati”
mavzusida ochiq sinf soati dars
ishlanmasi
Mavzu:“Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati”


Maqsad: O’quvchilarga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati haqida keng qamrovli tushuncha berish. Bosh qomusimizning inson manfatlari to’liq aks etgan bob va moddalari to’g’risidagi ma’lumotlar orqali ularni mehnatsevar, kattalarga hurmatda, kichiklarga mehrli bo’lishga, ilm olishga ona yurtiga sadoqatli farzand bo’lishga yo’naltirish. Vatani va ota-onalari ooldidagi huquqlari, burch va majburiyatlari borasida bu boradagi malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Suhbat, tushuntirish ko’rgazmalilik.
Dars jihozi: Davlatimiz ramzlari Konstitutsiyaning turli moddalariga doir ishlangan rangli rasmlar.
Kun shiori: “Har bir bola mustaqil fikrlash huquqiga ega”
Doskada: “Bolalar huquqlari to`g`risida Konvensiya”, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi


Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O’quvchilar O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylashadi


Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchilar!
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati ” deb nomlangan tarbiyaviy soat darsimizni boshlaymiz

Hurmatli o’quvchilar ayting-chi, siz Vatan deganda qayerni tushunasiz?!


O’quvchi:
“Vatan” arabcha so’zdan olingan bo’lib “Ona yurt” ma’nosini bildiradi. Vatan so’zi hamma uchun aziz va muqaddas. Vatan bu – faqat biz tug’ilib o’sgan joy emas. U bizning bepayon, go’zal O’zbekistonimiz.
O’quvchi:
Vatan bu – har bir inson tug’ilib o’sgan, kindik qonimiz to’kilgan tuproq o’sib ulg’aygan muqaddas maskan.
O’quvchi:
Vatan – beshigimiz ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
O’quvchi:
Vatan bu – muqaddas ona tilimiz!
O’quvchi:
Vatan buyuk millatimiz.
O’quvchi:
Vatan jonajon maktabimiz!
O’quvchi:
Vatan bu – ona tabiat in’om etgan barcha boyliklar va nozu ne’matlar!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni Respublika Oliy Majlisi XII - chaqiriq XI - sessiyasida qabul qilingan. Konstitutsiyamiz 6 ta bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘lib, ularning barchasida adolat ustuvordir, ya’ni - Respublikamiz fuqarolarining, o‘smirlarning va kichik yoshdagi bolajonlarning huquq va burchlari aniq belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zbek xalqining tarixi, madaniy merosi, milliy an’analari, qadriyatlari, azaliy udumlari, ildizlariga tayanilgan jahon tajribasi, umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, qoidalar bilan hamohang tarzda yaratilgan.





Download 144.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling