Viloyati tumani umumiy o’rta ta’lim maktabi 10-sinf rahbari ning


Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlar o‘qiydilar, ma’lumotlar keltiradilar


Download 144.08 Kb.
bet2/14
Sana02.06.2024
Hajmi144.08 Kb.
#1838380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
“Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” 10-sinf

Konstitutsiyaga bag‘ishlangan she’rlar o‘qiydilar, ma’lumotlar keltiradilar.


Qomusimni bugun bilmoq istadim,
Har moddasin dilga solmoq istadim.
Qomus erur qonunlarning to‘plami,
Qonunlarni dildan tuymoq istadim.


Qomus berdi huquqimni, burchimni,
Shon-shuhrati oshsin doim yurtimning.
Qonunlarni agar yaxshi o‘rgansam,
Albat yetar, qayga cho‘zsam qo‘limni.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va ozod shaxsni, barkamol insonni istiqlol g‘oyasi asosida kamol toptirishning, huquqiy demokratik davlat qurishning, jamiyat va shaxs, ular orasidagi uyg‘unlik, mutanosiblikni ta’minlashning huquqiy asosidir.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi huquqiy me’yorlarga tayangan qonunlar majmuasi bolib, unda muqaddas ona tilimiz, Vatanimiz sarhadlari, madaniyati, mustaqil yurtimiz olib borayotgan odilona davlat siyosati, har bir diyorimiz fuqarosining huquq va burchlari o‘z aksini topgan.


- Jumladan, Qomusimizda: “0’zbekiston - suveren mustaqil davlat”. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi», deb belgilab qo‘yilgan.


Amu bilan Sirdaryodan


Kamol topgan o‘zbekmiz.
O‘z erkiga, huquqiga
Ega bo‘lgan o‘zbekmiz.


O’qituvchi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari bilan tanishing.
O’quvchi:
O’zbekiston – Suveren demokratik respublika. Davlatning “O’zbekiston Respublikasi” va “O’zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
1-modda
O’quvchi:
O`zbekiston Respublikаsi qonun bilаn tаsdiqlаnаdigаn o`z dаvlаt rаmzlаri - bаyrog`i, gerbi vа mаdhiyasigа egа.
5-modda
O’quvchi:
Har bir bola o’z ismiga, millatiga ega bo’lish hamda o’z ota-onasini bilish va ularning vosiyligi huquqlariga ega.
7-modda
O’quvchi:
Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
41-modda
O’quvchi:
Farzandlar ota-onalarning nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. .
65-modda
O’quvchi:

O‘zbekiston Respublikasi demokratik va umuminsoniny prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra, inson,uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oily qadriyat hisoblanadi.



Download 144.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling