Viloyati tumani umumiy o`rta ta`lim maktabi


-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana27.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1726104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
10-sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishi daftari

 
2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
 
MITOZ JARAYONINI MIKROPREPARATLAR YORDAMIDA O‘RGANISH
Maqsad: 
Piyoz ildizidagi mitoz jarayonini vaqtinchalik preparat tayyorlab o‘rganish.
Eslatma: 
Mitoz tufayli o‘simliklarning o‘sishi ta’minlanadi. Piyoz ildizida mitoz jarayonini kuzatish 
mumkin. 
Kerakli jihozlar: 
Yangi tayyorlangan asetokarmin bo‘yoq, piyoz, penset, lanset,
qoplag‘ich va buyum 
oynasi, spirt lampasi, atseton va spirt aralashmasi, stakan, Petri idishi, lupa, filtr qog‘oz, qisqich
 
1. Piyozning ortiqcha barglarini va ildizini olib tashlang.
2. Piyozni stakandagi suvga soling.
3. Piyoz bir necha kun davomida ildiz hosil qilsin.
4. Bir qism sirka kislota uch qism etil spirti bilan aralashtirib, aseton va spirtli eritma
tayyorlang.
5. Yangi hosil bo’lgan ildiz uchlaridan bir nechtasini kesib oling, shunda 1 cm bo‘laklar
hosil bo’ladi.
6. Kesilgan ildiz uchlarini petri idishidagi atseton va spirtli eritmaga 10 daqiqaga solib
qo‘ying.
7. Ildiz uchlarini soat oynasiga joylashtiring va ularni yopish uchun yetarlicha atsetokarmin 
qo‘shing.
8. Soat oynasini qisqich bilan ushlang va uni olovga tekkizmasdan spirt lampasi qizdiring.
9. Ildiz uchlaridan 1-2 mm bo‘laklarni kesib oling va skalpel bilan b uyum oynasiga
qo‘ying.
10. Bir yo‘nalishda bir necha marta kesib oling. Ildiz uchlarini aniq ko‘rish uchun kattalashtiruvchi 
lupadan foydalaning.
11. Buyum oynasidagi ildiz bo‘laklariga bir tomchi atsetokarmin va suv tomizing va
qoplag‘ich 
oyna yoping. Ortiqcha suyuqlikni qog‘oz sochiqqa shimdiring.
12. Tayyorlangan preparatni mikroskopga qo‘ying va kichik ob’ektivda tasvirni toping.
13. Tasvirni katta ob’ektivda ham kuzating. 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling