Viloyati tumani umumiy o`rta ta`lim maktabi


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana27.10.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1726104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-sinf Biologiya fanidan laboratoriya ishi daftari

Bizga kerak. 
Rangli qalam, oq qog‘oz. 
Ishning borishi: 
Kichik guruhlar uchun topshiriqlar 
1. Hayotning tuzilish darajalarining mohiyatini guruhda muhokama qiling. 
2. Hayotning tuzilish darajalari komponentlarini aniqlang. 
3. Hayotning tuzilish darajalariga xos jarayonlarni ayting . 
4. Hayotning tuzilish darajalari komponentlari va ularga xos jarayonlar o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni guruhda muhokama qiling. 
5. Hayotning tuzilish darajalarini Iyerarxiya tamoyiliga ko‘ra biologik sistemalar 
sifatida o‘rganishning ahamiyati haqida xulosa chiqaring. 



Xulosa:_____________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________ 
Sana:______________________________ 
2-
AMALIY MASHG‘ULOT. SUVNING TIRIK ORGANIZMLAR UCHUN AHAMIYATI.
Maqsad: 
Suvning tirik organizmlar uchun ahamiyatini o’rganish, suvning xususiyatlari va
funksiyalari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash.
Biologik sistemalarda suvning ahamiyati.
 
1. Suv gidratlar hosil qilish xususiyati tufayli, tirik sistemalarda universal erituvchi
hisoblanadi.
2. Hujayralarda reaksiyalar suv muhitida sodir bo’ladi. Fermentlar va suv bilan o’zaro
ta’sirlashuv natijasida gidroliz reaktsiyalari ro’y beradi. Bunda oqsillar aminokislotalarga,
polisaxaridlar monosaxaridlarga, lipidlar yog’ kislota va glitseringa, nuklein kislotalar
nukleotidlarga parchalanadi.
3. Yuqori issiqlik sig’imi tufayli suv hujayradagi issiqlik muvozanatini mukammal darajada
saqlaydi va atrof-muhit haroratining ortishi natijasida suv sekin qiziydi, lekin uzoq vaqt 
davomida issiqlikni saqlaydi. Suvning mazkur xususiyati tufayli organizmlar atrof-muhit
haroratining keskin o’zgarishidan himoyalangan. 



4. Suv organizmdagi moddalar tranportini ta’minlovchi asosiy vositadir. U limfa va qon
oqimini, o’simliklardagi ksilema va floema moddalar oqimini ta’minlaydi. Hujayralarda
suvda erigan moddalar hujayra membranalari orqali tashiladi. Suvning transport
funksiyalari uning yuqori darajada harakatchanligi bilan ta’minlanadi.
5. Suv 4 daraja haroratda maksimal zichlikka ega, 0 da esa nisbatan past zichlikka ega.
Suv muzlaganda uning hajmi ortadi, zichligi esa kamayadi, shuning uchun muz holidagi
suv suv havzalari yuzasiga qalqib chiqadi. Havo harorati 4 darajadan pastga tushganda,
o’simlik hujayralarida muz kristallari hosil bo’ladi va ular nobud bo‘ladi. Shuning uchun
qishki sovuqdan saqlanishga moslanish sifatida o’simlik to’qimalarida oqsil va shakar
to’planadi,

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling