Vitaminlar reja
Download 61.34 Kb.
|
Vitaminlar reja
Vitamin PP.
Vitamin PP (nikotin kislota, nikotinamid, niatsin) 1937-yilda K. Elvegeym tomonidan jigar ekstraktidan ajratilgan. Nikotin kislota piridin qatoriga kiruvchi birikma bo’lib, karboksil guruhni saqlaydi (nikotinamid amid guruhi borligi bilan farqlanadi). Avitaminoz belgilari: asosiy belgi bo’lib pellagra hisoblanadi. Bunda teri (dermatit), oshqozon-ichak yo’li (diareya) va markaziy nerv sistemasida (demensiya) o’zgarishlar ketadi. Biologik vazifasi: Vitamin PP oksidlanishli-qaytarilish reaktsiyalarida qatnashuvchi ko’pgina degidrogenazalarning NAD va NADF kofermenti tarkibiga kiradi. Jumladan, ular proton va elektronlarni tashilishida, sintetik jarayonlarda va fermentlarda allosterik regulyator funktsiyalarni bajaradi. Tabiatda tarqalishi va sutkalik ehtiyoji: o’simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan bo’lib, inson uchun asosiy manbai quyidagilar hisoblanadi: guruch, non, kartoshka, go’sht, jigar, buyrak, sabzi va boshqalar. Sutkalik me’yori 18 mg.
C vitamini (askorbin kislota) kuchli kislota bo’lib, 2- va 3-uglerod atomlarida qayta dissotsiyalanuvchi yenol gidroksil guruhlarini saqlaydi. Askorbin kislota oshqozon-ichak yo’llarida oddiy diffuziya bilan so’riladi. Qonda erkin va oqsillar bilan bog’langan holda uchraydi. Askorbin kislotasi ko’p miqdorda buyrak usti bezi, jigar va o’pkada joylashgan. Erkin holatda yoki uning mahsulotlari siydik orqali chiqariladi. Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida vodorod donori hisoblanib, degidroaskorbin kislota bilan redoks-juftlik hosil qiladi. Askorbin kislota quyidagi jarayonlarda ishtirok etadi: 1) triptofanni gidroksillanishi (serotonin biosintezi); 2) 3,4-digidroksifeniletilamindan noradrenalin hosil bo’lishi; 3) n-gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotasigacha gidroksillanishi; buyrak usti bezining po’stloq qismida gormonlar biosintezida steroidlarni gidroksillanishi; karnitin biosintezida beta-butirobetainni gidroksillanishi; ichakdan temirni so’rilishida Fe3+ ni Fe2+ ga aylanishi; temirni transferrindan ajralishi va to’qimalarga o’tishi; folat kislotani koferment shakliga o’tishi; kollagen sintezida prolin va lizin qoldiqlarini gidroksillanishi. Avitaminoz С beigilari: Kollagen sintezining buzilishi natijasida qon-tomir devorlari va tayanch to’qimalar strukturasi o’zgaradi. Glikoproteinglikanlar hosil bo’lishi buziladi, gemorragik holatlar va suyak tog’ay to’qimalarida spetsifik ozgarishlar vujudga keladi. Tana vaznining pasayishi, umumiy holsizlik, yurak urishi, yurakda og’riq kuzatiladi. Singa kasalligida asosan qon-tomirlar mo’rt, o’tkazuvchanligi ortadi, natijada teri va teri ostiga mayda qon quyilishlar (petexiya), milklarning qonashi, odontoblastlar degeneratsiyasiga sabab bo’ladi. Biologik vazifasi: oksidlanish-qaytarilishi jarayonlarida qatnashadi. Prolin va lizinning gidroksillanish reaktsiyalari, buyrak usti bezi gormonlarj, triptofan sintezida ishtirok etadi. Vitamin С asosan o’simlik tabiatiga ega bo’lgan mahsulotlarda uchraydi. Garmdori, salat, karam, xren, ukrop, qora smorodina kabi mahsulotlar askorbin kislotaning manbai hisoblanadi. Bir kunlik iste’mol me’yori- 75 mg .
Табиатда вояга етган одамни ва ѐш болани ҳамма витаминларга бўлган эҳтиѐжини тўлиқ қондирадиган махсулот йўқ. Шунинг учун иложи борича кундалик овқат рациони хилма-хил озиқ-овқат махсулотларидан ташкил топиши лозим бўлади. Унга ҳайвон ва ғалла махсулотлари қатори сабзавотлар ва мевалар ҳам кириши лозим, жумладан сўнги келтирилган махсулотлар пиширилмаган холда бўлиши янада мақсадга мувофиқ. Шу билан биргаликда витаминлар асосан озиқ-овқат махсулотлари билан организмга киришини ҳисобга олиб юқорида келтирилганидай витаминга бўлган эҳтиѐжни тўлароқ қондириш учун бу озиқ-овқат махсулотларини мумкин қадар соф (яъни пиширмаган) холда қабул қилиш мақсадга мувофиқ. Бундан ташқари озиқ овқат махсулотларига пазандалик ишлови бериш, уларни масаллиқ холатига олиб келиш, ҳар хил муддатларда сифатини йўқотмасдан сақланишига эришиш ҳам муҳим аҳамият касб этади. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rasteniy. M. “Kolos” 1969 g. 2. Lebedov S.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1988 g. 3. Yakushkina N.I. Fiziologiya rasteniy. M. 1980 g. 4.Mustaqimov G.D. O`simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. T. 1995 y. 4. Xo`jaev J. X O`simliklar fiziologiyasi Toshkent “Mexnat” 2004 5. Rubin B.A. Kurs fiziologii rasteniy. M. 1976 g. 6. www.ziyonet.uz http://fayllar.org Download 61.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling