Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik uhamiyatli, fermentlar tizimi tuzilishi uchun muhim. Ularning bo'lmasligi kasalliklarga yoki o’limga olib keladi
Download 152.3 Kb.
|
VITAMIN
Vitamin K yoki filloxinon
vitamin K Vitamin K (antigemorragik vitamini, filloxinon ) 1939 yilda kashf etilgan, vitamin K ning ikkita vitameri (K1 va K2) bor. Ularni kashf etgan olimlar K.E.Doyzi bilan X.Dam 1943 yili Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan. Filloxinon (K vitamin) — qon ivishining asosiy omillaridan biri. Organizmda K vitamin yetishmaganda turli a’zolar (burun, milk, me’da-ichak va b.)dan qon ketishi kuzatiladi. Vitamin K — ushbu vitamin ayniqsa karam hamda gulkaramlar, shpinat, qovoq, tomatda ko‘pdir. Undan tashqari u lavlagi, kartoshka, sabzi, yormalarda va dukkaklik o‘simliklarda ham mavjuddir. K vitamini ichak mikroflorasida ishlab chiqariladi. Bakteriyaga qarshi dori-darmonlar ishlatilishi (antibiotiklar) oqibatida foydali bakteriyalar kamayib ketsa, tarkibida K vitamini mavjud bo‘lgan ozuqalar tavsiya etiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ilk kunlarda ushbu vitaminning yetishmovchiligi kuzatiladi. Ushbu vitamindagi kunlik talab 0,1-0,3 mg. ni tashkil qiladi. K vitaminiga boy mahsulotlar K vitaminiga boy bo‘lgan mahsulotlar –yashil bargli sabzavotlarning faqat yangi uzilganlari. Muzlatilgan mahsulotlarda K vitamini o‘lgan bo‘ladi. Bundan tashqari yogurt, beda, tuxum sarig‘i, soya, baliq moylari tarkibida ko‘p bo‘ladi. Unga bo‘lgan ehtiyoj, ko‘pincha, ichak florasi orqali ta’minlanadi. K vitamini foydasi, u qon quyuqligini normal holatda saqlaydi. Avitaminoz K da jigarda protrombinning biosintezi buzilishi oqibatida qonning ivishi sekinlashadi,ayrim hollarda teri ostida, mushaklarda qon quyilishi (gemoraggiya ) holati kuzatiladi. F vitamini F vitamini – to‘yinmagan yog‘li kislotalar. Bu iste’molda ishlatiladigan o‘simlik yog‘lari tarkibidagi kislotalardir. Vitamin F — o‘zi bilan yog‘li kislotalarni namoyish etadi. Ular yog‘larning almashinuvida ishtirok etadilar. Terini yangilanib turishida katta rol o‘ynaydi. Undan asosan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. F vitaminiga boy mahsulotlar Ko‘pgina kerakli yog‘li kislotalar quyidagi o‘simlik yog‘lar tarkibida bo‘ladi: zig‘ir, soya, kungaboqar, yong‘oq. Shuningdek, yong‘oq, yeryong‘oq, pista, bodom ham F vitaminiga boy. Ammo bularning hammasi ochiq idishlarda saqlanishi shart, issiqda F vitamini buzilib ketadi. F vitaminining foydalari Teri va sochlarning sog‘lomligini saqlaydi. Bolalarning bo‘yi o‘sishiga yordam beradi va o‘zini his qilishni yaxshilaydi. Ichki sekretsiya bezlarining faolligiga samarali ta’sir qiladi, kalsiyning so‘rilishini yaxshilaydi. Agar semirib ketayotgan bo‘lsangiz F vitaminiga boy ozuqalarni ko‘proq iste’mol qiling. Ular to‘yinmagan yog‘larni yo‘qotib, ortiqcha vanzlardan xalos qiladi. F vitamini yetishmasa… To‘yimagan yog‘li kislotalar yetishmasligining boshlang‘ich belgilari, terida sariq yog‘li tangachalar paydo bo‘lishi, sochlar qurishi va mo‘rtlashishi. Agar bu vitamin taxchilligi oshib ketsa, har xil toshmalar toshadi, ich ketishiga moyillik ortadi. Sutkalik organizm talabi kattalarga 1000 mg atrofida, bu 20-30 gr o‘simlik yog‘i deganidir. Download 152.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling