Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik uhamiyatli, fermentlar tizimi tuzilishi uchun muhim. Ularning bo'lmasligi kasalliklarga yoki o’limga olib keladi


Download 152.3 Kb.
bet8/14
Sana18.06.2023
Hajmi152.3 Kb.
#1584590
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
VITAMIN

Vitamin D
Vitamin D (Kalsiyferollar yoki raxitga qarshi faol moddalar) bo‘lib, kimyoviy tabiati jihatidan sterinlar(xolesterin)ning hosilasidir, 1916 yilda o‘rganilgan va 1931 yilda sun’iy hosil qilingan. Kalsiferollar ichida eng muhimlari xolekalsiferol (Vitamin D3), ergokalsiyferol (Vitamin D2) hamda digidroergokalsiferol (Vitamin D4) lardir.
Vitamin D (kalsiyferol) — organizmdagi kalsiy va fosforni muvozanatga keltirib turadi. Kalsiferol (D vitamin) moddalarning mineral almashinuviga, suyak hosil bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. U yosh bolalar skeletining jadal o‘sishi va suyaklanishi davrida ayniqsa zarur.
Vitamin D manbalari
Manbalari bo‘lib baliq va baliq mahsulotlari, sariyog‘, tuxum sarig‘i hisoblanadi. U baliq yog‘ida, ikrasida, tovuq tuxumlarida, kam miqdorda qaymoq va smetanada mavjuddir. Tunes, treska va b. baliqlar moyi kalsiferol manbai hisoblanadi. Lekin, organizmlarda ularning provitaminlari — xolesterol, ergosterollar uchraydi, ular quyosh nuri ta’sirida tegishli vitaminlar shakliga aylanishadi.
Quyosh nuri yog‘li moddalar bilan birgalikda bu vitaminning paydo bo‘lishi va teri orqali ichkariga so‘rilishiga yordam beradi.
D vitaminning foydalari
Suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy va fosfor moddalarining organizmga so‘rilishiga yordam beradi. A va C vitaminlari bilan birgalikda qabul qilinsa, shamollash kasalliklarida ham foydali. A vitaminining o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ko‘z jildi, shilliq pardasining yallig‘lanishini davolashda yordam beradi.
D vitamini yetishmasa…
Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Tishlar yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi.
Raxitning oldini olishning eng yaxshi yo‘li – kunduzi sayr qilish va tent ostida quyosh vannasi qabul qilish.
Ushbu vitamindagi bolaning kunlik ehtiyoji — 400- 500 ME ni tashkil qiladi.
Vitamin E yoki tokoferol
Vitamin E (Tokoferol) yoki ko‘payish vitamini, u 1925 yilda o‘rganilgan va 1936-1938 yillari sintez qilingan. Tokoferol yunoncha “tocos — bola tug‘ilishi, fero — tashiyman” degan ma’noni anglatadi. E vitamini tokoferollarning aralashuvidan tarkib topgan. Faol antioksidant.
Vitamin E vazifalari
Vitamin E (tokoferol) — mushaklarning baquvvatligini ta’minlaydi, undan tashqari yallig‘lanishning oldini oladi, A vitaminining oksidlanishi, C vitamini, karotin va yog‘li kislotalarning nobud bo‘lishini oldini oladi. Birlashtiruvchi to‘qimalar, sochlar, tirnoq kasalliklarida, husnbuzarlarni davolashda qo‘llaniladi.
Tokoferol — ko‘payish vitamini
Tokoferol (E vitamin, ko‘payish vitamini) muskul va jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi, ichki a’zolarda yog‘da eriydigan barcha vitaminalar, ayniqsa retinol to‘planishiga yordam beradi. O‘simliklarning yashil qismi hamda ulardan olinadigan moyda (masalan, kungaboqar moyida) mo‘l bo‘ladi. Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zarur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.
E vitaminining tabiiy manbalari
Asosiy ozuqaviy manbalar bu — o‘simlik yog‘lari (asosan rafinadlanmagan), jigar, tuxum, yormalar va dukkaklik o‘simliklar. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlar orasida tuxum E vitaminining bulog‘i hisoblanadi. Tokoferol o‘simliklar tarkibida ham bor, eng boyi bug‘doy, o‘simlik yog‘i, soya, ismaloq, barglari ko‘katlar va boshoqli o‘simliklardir. Agar ovqatlaringizda mana shu mahsulotlar bilan birgalikda jonzotlar yog‘laridan foydalansangiz, Ye vitamini organizmga yaxshi singgadi. Tokoferol organizmda qisqa vaqt saqlanadi, shuning uchun ushbu mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni har kuni iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
E vitamini foydalari
Organizmning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
A vitamini bilan birgalikda o‘pkani notoza havodan saqlaydi.
Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi.
Tana hujayralarining chidamliligini oshiradi.
E vitamini yetishmasa…
Qon hujayralari buzilishi, kamqonlik.
Mushak tolalarining bo‘shashishi (ajin).
Ushbu vitamin taxchilligini oldini olish uchun vodoprovoddan keladigan xlorli suv iste’molini kamaytiring.
Kunlik talab — 29-30 mg.ni tashkil qiladi.

Download 152.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling