Vitaminlar


Download 195.24 Kb.
bet1/2
Sana09.10.2020
Hajmi195.24 Kb.
#133034
  1   2
Bog'liq
Vitaminlar BNO 5-amaliy

Vitaminlar



Maqsad: bolalarga sabzavot va mevalarning tarkibida vitaminlar bo‘lishi, ularning foydali xususiyatlari haqida tushuncha berish; kichkintoylar nutqini rivojlantirish uchun she’rlarni yod oldirish; sabzavot va mevalarni bir-biridan ajratishlariga erishish.



Kutilayotgan natijalar:
– vitaminlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar;
– ularning turlarini bilib oladilar;
– vitaminlarning inson organizmiga ta’siri haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;
– sabzavot va mevalarning foydasi, ularni qanday iste’mol qilishni o‘rganadilar.


 5



Kerakli jihozlar: suratlar, sabzavot va mevalarning rasmi tushurilgan kartochkalar hamda slaydlar.



Interfaol usullar: aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash.



Mashg‘ulotning borishi:



TARBIYACHI: – Bolajonlar, nonushtadagi bo‘tqani hamma yeb bo‘ldimi?
Bolalar javobi.
– Voy, Sardorbek, sen nimaga yemading?
Bola javobi.
– Nima uchun sutni yomon ko‘rasan?
Bola javobi.
– Bolajonlar, sut va sut mahsulotlarini hamma bolalar iste’mol qilishi shart. Bilasizlarmi, nega? Chunki sut mahsulotlari vitaminlarga boy bo‘lib, sizning yaxshi o‘sishingiz, sog‘lom va baquvvat bo‘lishingiz uchun juda kerak. Vitaminlarning turlari juda ko‘p, masalan, A, B, C, D, E kabi vitaminlar mavjud. Vitaminlar soch o‘sishida, tishlarning sog‘lom bo‘lishida, bo‘y o‘sishida, vaznning ortishida, xullas, sizning sog‘lom bo‘lib o‘sishingizda ahamiyati juda katta. Sut va sut mahsulotlari – qatiq, pishloq, qaymoq, sariyog‘lar tarkibida mana shunday vitaminlar uchraydi. Shuning uchun ularni doim iste’mol qilishimiz lozim. Bundan tash­qari, vitaminlar meva va sabzavotlar tarkibida ham bo‘ladi. Ularni sanaydigan bo‘lsak, olma, anor, nok, o‘rik, uzum, gilos kabi mevalarimiz servitamin hisoblanadi. Sabzavotlardan esa sabzi, kartoshka, karam, piyoz, lavlagi, sholg‘om kabi poliz mahsulotlari turli xil vitaminlarga boy sanaladi. Quyosh nurida har xil moddalar bilan birgalikda D vitamini ham mavjud ekan. Quyoshning ertalabki nurlari hamma uchun foydali, shuning uchun yoz faslida tonggi badantarbiyani ochiq havoda bajaramiz. Aziz bolajonlar, tarkibi vitaminlarga boy meva va sabzavotlar haqida eshitganmisiz?
Bolalar javobi.


Unda diqqat bilan eshiting.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda hamma narsalar tilga kiradigan bir paytlar ekan. Kunlardan bir kun sabzavot va mevalar kim zo‘rligi, vitaminga boy ekanligi haqida bahslashib qolishibdi. Ular o‘rtasida katta tortishuv boshlanibdi. Shunda keksa baqlajon “Kelinglar kelishamiz, urush-to‘polondan foyda yo‘q. Hamma o‘ziga ta’rif beradi, suhbat so‘nggida kim zo‘rligi, darmondoriga boy ekanligini bilib olamiz”. Bu taklifga barcha sabzavot va mevalar rozi bo‘lishibdi.


Sabzi:
Meni sabzi deydilar,
Oshga solib yeydilar.
Har narsaga men oziq,
Yer tagida oltin qoziq.




Karam:
– Ko‘ylagim qavat-qavat,
Tugmalari yo‘q faqat.
Meni yaxshi ko‘rarlar,
Salat, sho‘rva qilarlar.




Download 195.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling