Vitrajning kelib chiqish tarixi
Download 30.74 Kb.
|
Vitrajning kelib chiqish tarixi (2)
Vitrajning kelib chiqish tarixi Vitrajning kelib chiqish tarixi. Rangli yorug'lik manbalari, tabiiy va sun'iy bo'lishi mumkin. Rangli nur qiziqarli rang ta'svir, rang butunlay bosish qiyin materiallar, pigmentleri, bo'yoqni tarkibini yaratish imkonini ochadi. Mana shunday effektlardan ayrimlari: shaffof vitraj orqali o'tgan nur bilan xonani yoritish, va me'moriy shakllarni rangli yoritish, favvoralar oqimi, svetomuzika va boshqalar. Rangli nur rang variantlari turli xil yaratish ichki umumiy ohangini aniqlash imkonini beradi. Bu effektlarga barcha bo'yalgan oynalar yoki maxsus yoritish moslamalari yordamida erishiladi. Rangli yoritishning yana bir xususiyati shundan iboratki, inter’erning barcha original ichki ranglarini tanib bo’lmas darajada o'zgartirib yuboradi. Rangli yoritishning arxomatik yuzalarni xoxlagan rangga bo'yaydi, xromatikni esa yuzaning rangi va uni yoritayotgan yorug’likka bog’liq. Bir tarafdan, rangli yoritish ranglirning soni va yorqinligini orttiradi, boshqa tarafdan – ranglarni axromatlashtiradi, uchinchi tarafdan esa ranglarning hamohangligini o`zgartiradi, ularning bo`shliqdagi o`zaro joylashishini qabul qilishga qat`iy ta`sir qiladi. Kichik bir inter`erning umumiy kompozitsiyasi, vitrajni xisobga olgan xolda, bosiq oq qora ranglardan foydalanib ajoyib turli tuman effektlar hosil qilish, yaratish mumkin. Vitraj – dekorativ san’at asari bo'lib, tasviriy san'at yoki har qanday me'moriy tuzilishi, bir oyna uchun mo'ljallangan asardir. Qadimdan vitrajlar ibodatxonalarda ishlanilib kelingan. Ilk xristian ibodatxonalarida derazalar yupqa shaffof tosh plitalar (alebaster, selenit) bilan to`ldirilgan. Roman cherkovlari (Frantsiya, Germaniya) da syujetli (mavzuli) vitrajlar paydo bo`ldi. Turli shakldagi oynaklardan, tutashtiruvchi vositalar bilan ulangan turfa rangli katta xajmdagi vitrajlar, gotika uslubidagi cherkovlarning o`ziga xos elementi edi. Ko`p xollarda gotika uslubidagi vitrajlar diniy va maishiy saxnalarni tasvirlar edi. Ular “atirgul” deb nomlanuvchi katta strelkasimon oynalarga joylashtirilar edi. Uyg’onish davrida esa vitraj shishada tasvirlash tarzida mavjud bo`lgan bo`lib, maxsus turli xil rangga shishani qirib ishlash texnikasi qo`llanilgan. Ayrimlar vitrajlarning tayyorlanishi sirlari ustida bosh qotirayotgan paytda, ayrimlar bozorni o`rganib, “qalbaki”larini chiqara boshlashdi: shisha oynaklarga sifatsiz yog’li bo`yoqlar bilan rasmlar chizib yoki shishaga rasmli qog’ozlar yopishtirib rangli vitrajlar taasurotini uyg’ota boshlashdi. Imperator Nikolay 1ning xoxishiga ko`ra shisha zavodi xam bu xunarni sirlarini o`rganishga kirishdilar.Bu erda bir xil rangli oynak plastinalari ishlab chiqila boshlandi. SHuning uchun bu zavodnig birlamchi ishlari bir xil rangli shishalardan iborat bulib, ularni yonma yon qo`yilgan qorishmasidan oddiy geometrik naqsh chiqardi. Masalan, 1833 yilda Aleksandriyadagi avliyo Aleksandr Nevskiy cherkovida K.F.Shinkelning loyihasi, (1831-1833); (arx. A.Menelas, I.Sharleman’) kaleydoskopik mozaikani eslatardi. XIX asrning oxirida vitraj san`atinig rivojlanishida yangi davr boshlandi. U qisqa davr, ya`ni, 1880-1910 yillar mobaynida Yevropa, Angliya va Amerika mamlakatlarida misli ko`rilmagan taraqqiyotga erishdi. Texnika rivojlanishining sharofati bilan shishasozlik soxasida listli shisha ishlab chiqarish soddalashtirildi, shishaga rang berishda, qayta ishlashda va dekoratsiyasida yangi texnologiyalar ishlab chiqarildi. Modern uslubining asosiy badiiy tamoyili – konturning grafikaliligi, rasmning yassiligi, tasvirning lokal bo`yalgan ustki qismi rangli shishalari bo`laklaridan tanlab olingan vitrajning tabiati bilan juda uyg’unlashganligidadir. Modern uslubi gotiktika davrining kuchli taasurot uyg’otuvchi bezaklar mozaik to`plam texnikasining badiiy afzalliklarini yuzaga chiqardi. Vitraj – surat o`tmishda qoldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vitraj-panno xukmronlik qildi. Bu evolyutsion o`zgarish nafaqat vitrajlar ikonografiyasini tubdan o`zgartiribgina qolmay ularning ishlatilish soxasini xam juda kengaytirdi. Gotika davrida vitrajni o`rin egallash joyi qat`iy belgilangan bo`lib, u deraza o`rni ramkasi edi. endi vitraj oyna “rama”sidan “chikdi”: rangli shishadan ishlangan kompozitsiyalarni endi xonalar o`rtasidagi eshiklar o`rniga qo`yila boshlandi, shuningdek, rangli shishali shiftlar va qubbalarga xam paydo bo`la boshladi. SHundan so`ng vitraj uy devoridan tashqariga “chiqib ketdi”: yarqirab turgan viveskalar, shisha xarflardan tashkil topgan reklama yozuvlari shaxar ko`rkini o`zgartirib yubordi. Vitrajning qadimiy texnikasi – shishaning shaklli bo`laklaridan tashkil topgan mozaikali to`plam – amaliy san`atning belgilangan maqsadlarida: uy jixozlari, toshli ekranlar, pardalar, oynaklar, musiqa asboblari, zargarlik buyumlarini yasashda faol ishlatila boshlandi. Shishalarni bir biriga birlashtirish usuli takomillashtirilganidan so`ng, vitraj texnikasi nafaqat silliq yuzali buyumlarga, balki xajmli buyumlarga – lampa va tungi lampa (svetil’niklar)ning g’aroyib shakllariga xam ishlatila boshlandi.
Download 30.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling